Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

ustqurmasini
tashkil qiladi. Klassik yondashuvga ko‘ra ishlab chiqarish usuli 
bilan jamiyat ustqurmasi 
ijtimoiy – iqtisodiy formatsiya 
deyiladi. 
Iqtisodiy muassasalar iqtisodiyotni tartibga solish va davlat iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Iqtisodiy siyosat – 
bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va 
takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlari 
yig‘indisidir. 
Iqtisodiy tizim – iqtisodiy ne‘mat va xizmatlarning ishlab chiqaruvchi va 
iste‘molchilar o‘rtasidagi harakatini tartibga solishga xizmat qilidi. Shu sababli 
barcha iqtisodiy tizimlarning umumiy tarkibiy elementlari sifatida mulkchilik 
munosabatlari, xo‘jalik hayotini boshqarish va tartibga solish usullari, resurslar va 
iqtisodiy ne‘matlarni taqsimlash hamda narx shakllanish tartiblari yuzaga chiqadi. 
2. Iqtisodiy tizimlar turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Iqtisodiy 
tizim modellari 
Formatsion 
yondashuvda
ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlar 
va 
ularning 
almashinuviga tarixiy ishlab chiqarish usullari asos qilib olinib, 
ibtidoiy jamoa, 
quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializmga ajratib ko’rsatiladi. 
Klassik nazariyada tizimlarga mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, ular 
formatsiya deb ataladi. Ishlab chiqarish usuli iqtisodiy bazis asos sifatida o‘zi 
ishlab chiqarish kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlariga ajratiladi. Ishlab 
chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma‘lum malaka va 
tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi.


50 
4.1-chizma. Ijtimoy-iqtisodiy formatsiya 
O‘tgan asrning 60-yillarida klassik ta‘limotdan tubdan farq qiladigan, 
sivilizatsion yondashuv nazariyasi paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga amerikalik 
iqtisodchi Uolter Rostou asos soldi. U jamiyat taraqqiyotini 5 bosqichga ajratadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin