66
Mulkka egalik qilish
– mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib
turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning
ijtimoiy
shaklini ifodalaydi.
Mulk ob’ektlari
– bu mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari
– bu mulk ob‘ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari.
Davlat tasarrufidan chiqarish
– bu davlat mulki
hisobidan boshqa nodavlat
mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Muhokama uchun savollar
1.
Iqtisodiy tizim tushunchasini ta‘riflang, u qanday tarkibiy qismlardan
iborat bo‘ladi.
2.
Iqtisodiy tizimlar qanday mezonlar bo‘yicha turkumlanadi, izoh bering.
3.
Iqtisodiy tizim modellarining tub belgilarini ko‘rsating.
Ularni
farqlantiruvchi jihatlarini bayon qiling.
4.
Mulkchilikning mohiyatiga ta‘rif bering va uning turli shakllarining
iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini
ta‘riflang.
5.
Mulk shakllariga uning sub‘ektlari mos keladimi? Mulk sub‘ektlarining
ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining
farqlanishi asosida
nima yotadi? Mulk har bir shaklining (davlat, jamoa, aralash, xususiy) tuzilish va
tarkibini tushuntirib bering.
6.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini
taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
nima uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ob‘ektiv zaruriyat hisoblanadi?
7.
Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
8.
Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini
tanlab olishga qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi?