74
ortiq bo‘lsa, bunda narx qonuniy ravishda tushadi. Aksincha talabning taklifdan
ortishi tovar narxini yuqoriga ko‘taradi, taqchillik ne‘matlar kamyobligini
kuchayishini anglatadi, uning keyingi birligi nafliligi esa ortadi.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi, mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. U qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasining bir tomonlama yondashuvga asoslanganligini qiymatni faqat
naflilik bilan tushuntirishida ko‘rdi. A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyasini, talab va taklif hamda ishlab chiqarish harajatlari nazariyasi bilan
bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish harajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Yangi klassiklarning qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall
ishlari bilan bog‘liq. Bunday yagona manba, masalan, klassiklar nazariyasida
mehnat, marjinalistlarda qo‘shilgan miqdor nafliligi hisoblanadi. A.Marshall
nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham
taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro
ta‘siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor
nafliligi va ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
A.Marshaldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida qiymatning tub asosini qidirib
topishdan chekinish ro‘y beradi va funktsional tahlilga, ya‘ni bir vaqtda narx va
talab – takliflarning o‘zaro ta‘sirini aniqlashga o‘tildi.
Dostları ilə paylaş: