75
tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar
esa ekvivalent rolida chiqadi,
qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning kurtagi
mavjud bo‘ladi.
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy
shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi.
(1 bolta= 1 qop don).
Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi.
Don esa bolta
qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi
natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi
mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi.
Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan
tovarga zaruriyat
tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib,
ishlab chiqarishning
rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin ketin oltin valyutaga, ya‘ni
monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897,
Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ladi.
Angliyada oltin pul tizimi
XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy
etilgan edi.
O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar
muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507
yilda
pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon
(1583–1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va
kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695–1709
yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm,
sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan
13
.
Umumiy ekvivalent
rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga
sabab quyidagilar bilan izohlanadi:
-
Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;
13
Чжен В.А Пул ва молия бозорлари. Т.: 1996. 25-26-бетлар.
76
-
Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi;
-
Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi;
-
Tabiatda nisbatan kamyobligi;
-
Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir
metalning qiymati ancha
yuqoriligi.
Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar
ayriboshlashning rivojla-
nishiga asoslanadi. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi
maxsus tovardir.
Dostları ilə paylaş: