69
bu kishilarning o‘zaro bog‘liq bir yoki bir nechta mehnat jarayonida birla-
shishining tashkiliy shaklidir.
Tovar xo‘jaligining rivojlanishi sharoitida uning yiriklashish tamoyillari
kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi bo‘lib, u korxonalarda
iqtisodiy resurslarning to‘planishi ya‘ni resurs ko‘lamining mustahkamlanishini
anglatadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi ko‘pincha uning
integratsiyasiga olib keladi. Bu bir korxona doirasida mahsulotni tayyorlash
bo‘yicha operatsiyalar barcha tsiklning to‘planishidir.
Nihoyat, tovar xo‘jaligining muhim belgisi erkin ayriboshlash hisoblanadi.
Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik erkin
ayriboshlash va xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining eng samarali yo‘nalishini
ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga yordam beradi.
Shunday qilib tovar xo‘jaligining belgilari sifatida qo‘yidagilar chiqadi:
ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo‘lishi; ishlab chiqaruvchilarning mulk
egasi sifatida bir-biridan alohidalashuvi; mahsulotlarning bozor uchun erkin
ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi.
Dostları ilə paylaş: