61
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng
tushuncha. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
xususiylashtirishdan
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga
keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat
korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni
jamoa
mulkiga aylantirish; mulkni qiymatiga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher)
bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini
auktsionlarda kim oshdi
savdosi orqali sotish va h.k.
Bu yo‘llardan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan,
Rossiyada Davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi.
Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida
cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini
vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa,
xususiylashtirish
tanlab
olingan
ozchilik
o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar
xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga yo‘l ochishi zarur bo‘lsa,
davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarishda boshqa usullardan foydalanishni rad etmaydi,
aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan,
korxona jamoasiga
ustunlik berilib, davlat mulkini aktsiyalashtirish, bu aktsiyalarni sotib olishda shu
jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham o‘z o‘rniga
ega bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli,
pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan
qat’iy nazar bu
tadbir xilma-xil mulkchilik shakllarini vujudga keltirishni
ta‘minlaydi, chunki
davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
62
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos
xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda
olib borilishini ko‘zda tutadi.
Davlat mulkchiligidan qaytishning muhim yo‘nalishlari
bu ijara va
aktsionerlik munosabatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum
talablarga rioya qilingan holda olib borilishi u mehnat jamoalarining iqtisodiy
manfaatiga, davlat manfaatlariga putur etkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar
manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat
mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. O‘zbekistonda mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim
xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.
1992–1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z
ichiga olib, bu
bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy
sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga,
transport va
qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik
sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq
turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat
ixtiyorida saqlab qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiyotning samarasiz
bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydigan
ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag‘ bilan ta‘minlash
vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan
muassasalar
tizimi vujudga keltirildi.
63
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari
xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari
davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining
95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi.
Davlat dasturida belgilab berilgan
Dostları ilə paylaş: