Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

1.
 
Ierarxik tartib asosida boshqariladigan tizim; 
2.
 
O‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan tizim; 
3.
 
Aralash tartibda boshqariladigan tizim. 
Ierarxik tartib asosida boshqarishda 
davlat asosiy rol o‘ynaydi. Ishlab 
chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste‘mol bo‘yicha barcha qarorlar davlat 
tomonidan qabul qilinadi, muammo va masalalar ham davlat tomonidan yechiladi. 


54 
Buyruq va topshiriqlar asosida yuqoridan pastga qarab, ierarxik tartib asosida 
olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi. Ierarxik 
boshqarishning 
o‘ziga xos shakli ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan, 
markazdan rejalashtirish asosida boshqariladigan iqtisod bo‘lib, korxonalar asosan 
davlat mulki bo‘lib, xo‘jalikni boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Nima, 
qancha, qanday ishlab chiqarish zarurligi davlat tomonidan hal qilingan. 
Iqtisodiyotni tartibga solishni o‘z-o‘zini boshqarish orqali amalga oshirilishi 
erkin raqobat kurashi xukmron davriga xos. Bunda resurslarni taqsimlash va 
boshqa masalalar bozor tomonidan tartibga solingan.
Aralash tartibda boshqarishda 
xususiy sektor bilan bir qatorda davlat ham 
resurslar va iqtisodiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va 
iste‘mol qilishda muhim rol o‘ynaydi. Davlat bozor iqtisodiyotiga aralashadi, lekin 
bozorning o‘zini-o‘zi tartibga solish rolini yo‘qqa chiqarmaydi. 
Real hayotda stixiyali tartibga solish bilan ierarxiya birgalikda amal qiladi. 
Hozirgi paytda AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqa rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyoti ana shunday tarzda boshqariladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi hamda 
mulkchilikning ustuvor shakllariga ko‘ra buyruqli, bozor, aralash va an‘anaviy 
iqtisodiy tizim modellari farqlanadi. 
Buyruqli iqtisodiyot modelida: 
-
Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘ladi. 
-
Iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladi va uyg‘unlashtiriladi 
Bozor iqtisodiyoti modelida: 
-
Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘ladi. 
-
Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadi. 
Unga XIX asr erkin raqobat davridagi ―sof kapitalizm‖ misol bo‘la oladi. 
Bozor iqtisodiyoti iste‘molchilar erkinligini kafolatlaydi. Iqtisodiy resurs va 
mahsulot bozor mexanizmi yordamida taqsimlanadi. 
Aralash iqtisodiyot (buyruq va bozor iqtisodiyotning qo‘shilish nuqtasida 
hosil bo‘ladi) modelida: 


55 
-
Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘ladi. 
-
Iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan ham 
tartibga solinadi. 
Hozirgi zamon aralash tizimlari – bu bozor mexanizmi bilan tartibga 
solinadigan xususiy ishlab chiqarish, davlat tomonidan tartibga solish bilan 
to‘ldiriladi.
An‘anaviy iqtisodiyot modelida. 
-
Mulkchilik munosabatlarida merosxo‘rlik va sulolalarning mavqei 
hukmronlik qiladi. 
-
Iqtisodiy jarayonlar urf odatlar, udumlar, an‘analar, ijtimoiy va diniy 
tartiblar yordamida tartibga solinadi. 
-
Natural mayda tovar xo‘jaligi xo‘jalik yuritishning ustuvor shakli 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti yoki 
sof kapitalizm va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ajratiladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin