Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Vertikal diversifikatsiyalash
– bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan 
korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini 
ko‘paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi.
Gorizontal diversifikatsiyalash
– turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, transport, qurilish va h.k.) ning yagona texnologik jarayonga qo‘shilib 
6
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари 
бўйича Ҳаракатлар стратегияси. 


44 
borishi orqali mahsulot turlarining ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo 
kengayishini anglatadi.
Konglomerat diversifikatsiya

korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib 
ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Istiqbolda mahsulot turlarini ko‘paytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va 
bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifikatsiya strategiyasi mazmunini 
anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 
milliy va chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa 
korxonalarni sotib olish kabi usullarda amalga oshiriladi. 
Xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish darajasini o‘stirib borish 
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd qilib o‘tganlaridek 
samaradorlikni oshirishning muhim omili... ―..asosiy va yordamchi tarmoqlarni 
barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliy-
lashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi‖
7
dan iborat. 
Mahalliylashtirish mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom-ashyo 
va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu pirovardida 
nafaqat tannnarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqa-
rtirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali 
milliy iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi. 
Respublikamizda faqat 2017 yilning o‘zida mahalliylashtirish dasturlari 
to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida unda ko‘zda tutilgan ―qariyb 400 million 
dollarlik mahsulot chetdan import qilingan‖
8
Shu 
sababli, 
2017-2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 
―Harakatlar 
strategiyasi‖
*
da 
ishlab 
chiqarishni 
7
Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.14 бет.
8
Ўша жойда. 26 бет. 
*
кейинги ўринларда қисқача ―Ҳаракатлар стратегияси‖ деб кетилади. 


45 
mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo 
iste‘mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo 
sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida 
qaraladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin