IDTTS usullari - tartibga solishning ma‘muriy va iqtisodiy dastaklari
birligidir.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta‘qiqlash, ruxsat berish
va majbur qilish xarakteridagi ma‘muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va
dastaklari.
Davlatning iqtisodiy siyosat - bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta‘minlash va inflyatsiyaning oldini olish orqali
aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir.
Davlatning monetar siyosati - bu pul-kredit siyosati bo‘lib, pul
muomalasini tartiblashni ko‘zda tutadi.
Davlatning fiskal siyosati - bu soliq-byudjet siyosati bo‘lib, u soliqlar
vositasida byudjetga mablag‘larni jalb qilish hamda uni iqtisodiy va ijtimoiy
maqsadlar uchun sarflashni nazarda tutadi.
Global iqtisodiy siyosat - dunyodagi yetakchi mamlakatlar hukumatlari,
xalqaro banklar, moliya korporatsiyalari, transmilliy korporatsiyalar tomonidan
amalga oshiriladi.
Ijtimoiy siyosat – insonni kamol toptirishga qaratilib, tarkiban bandlik,
daromad va ijtimoiy himoya siyosatlaridan iborat bo‘ladi.
Muhokama uchun savollar 1.
Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang?
2.
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning
qisqacha tavsifini bering?
437
3.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning zarurligini nima taqozo qiladi? Tartibga solish o‘z oldiga qanday
maqsad va vazifalarni qo‘yadi?
4.
IDTTSning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga
solishning ma‘muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating.
5.
IDTTSda davlat sektori qanday rol o‘ynaydi? Davlat iqtisodiy dasturlari
qanday amalga oshiriladi?