Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar 
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu 
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari 
o‘rtacha darom adlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanish darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf qila olmaydi. 
O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib 
keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. 


443 
Daromadlarning mutloq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar 
tengsizligi darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin. 
Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi sabablar: 

kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatidagi farqlar; 

yangidan yaratilgan qiymatning taqsimotidagi notenglik; 

ayrim kishilarning merosga egaligi, tasodifiy omadi kelishi; 

kishilarning tadbirkorlik layoqatidagi farqlar; 

mehnat bozoridagi monopoliya va turli xil kamsitishlar; 
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon 
amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi.
 
даромад
(%)
0
20
40 
60 
80
100
Лоуренс эгри чизиғи
аҳоли (%)
100
80
60
40
20
 
27.1-chizma. Lorens egri chizig’i 
Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanish imkoniyati 
burchakni teng ikkiga bo‘luvchi bissektrisa o‘qida ifodalangan bo‘lib, u oilalarning 
har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. 
Oilalarning 20%, 40% va 60%i mos ravishda barcha daromadlarning 20%, 40% va 
60% ni olishi lozim bo‘ladi va h.k. 


444 
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi farq 
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. 
Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham 
shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng 
bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib farq 
yo‘qoladi. 
Bizning misolda AV yoysimon chiziq bilan AV to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi 
farqqa qanchalik kattalashsa daromadlarda tengsizlik shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Tengsizlikning haddan oshib ketishiga yo‘l bermaslik uchun uning me‘yori 
kiritilgan. Bunga ko‘ra boylar qo‘lida jami daromadlarning 25-35 foizi to‘planishi 
mumkin. Boshqa bir me‘yorga ko‘ra 10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar 
daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 martadan oshmasligi talab qilinadi. O‘zbekistonda 
bu farq oxirgi yillarda 11 dan 8 martagacha qisqargan. 
Daromadlar 
tabaqalanishini 
aniqlashning 
ko‘proq 
qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng 
yuqori va 10% eng kam ta‘minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni 
ifodalaydi. 
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 8 barobarni tashkil etgan. Bu jahonda 
eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasidir. 
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini xarakterlash uchun 
aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffistienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. 
Bu ko‘rsatgich italiya iqtisodchisi va statistigi Korrado DJini (1889-1965) nomi 
bilan ataladi. Mazkur ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa) 
tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi.Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib 
borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. 


445 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin