442
minimal moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa
ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb
ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste‘molchilik
savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va
bolalarni o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu-ziynat buyumlari
kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki ―boy‖ qatlami mavjud
bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovarlar xarid qilishga
layoqatli bo‘lgan juda oz qatlami kiradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush
darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro
tashkilot hamda ekspertlar tomonidan xolisona baholangan. 2012 yilda Buyuk
Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik
va rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64 o‘ringa
kiritgani e‘tiborga loyiqdir.
O‘zbekiston ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davomiyligi,
oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining pastligi, ijtimoiy
infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham jahon hamjamiyatida havas
qilarli o‘rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: