458
Respublikada axolining yuqori sur‘atlar bilan o‘sib borayotganligini, ish
bilan bandlikni ta‘minlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga
oshirish mo‘ljallangan:
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni
kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi ashyosini
qayta ishlash, iste‘mol mollari, mahalliy xomashyodan qurilish materiallari
tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini
keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga
alohida e‘tibor qaratish.
Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini vujudga keltirish.
To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta
o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga
yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu
siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik
manbalariga ega bo‘lishiga erishishga qaratiladi.
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha
odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish imkoniyatini berish bilan birga, aholi
extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va
bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan
band qilish, zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari
o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: