460
2016 yilda 2000 yilga taqqoslanganda 12,5 (30,1 dan 17,6) foizga qisqargani
holda, bandlikdagi ulushining kamayishi 6,8 foizni tashkil qilgan.
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi ro‘y beradigan istiqboldagi
muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin.
Iqtisodiyotning, sanoat tarmog‘ining mavjud quvvatlarini yangilash va
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda kooperatsiyalash
asosida mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida bandlikdagi ancha
muhim miqdor va sifat o‘zgarishlar uning alohida tarmoqlariga tegishli bo‘ladi.
Jumladan, sanoatning qazib oluvchi
va undiruvchi tarmoqlarida, band bo‘lganlar
salmog‘i nisbatan kamayib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos
ravishda ortib boradi. Bu avvalo, yoqilg‘i, metallurgiya, kimyo va qurilish
materiallari sanoatiga tegishli.
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishda band
bo‘lganlar mutloq va nisbiy ulushining kamayishi tarmoq mahsulotining YaIMdagi
salmog‘i qisqarishiga mutanosib ravishda bo‘lishiga erishib
borishga qaratilishi
zarur.
Samarali bandlikni ta‘minlash talabi hisobga olinganda iqtisodiyotning
transport va aloqa tarmog‘i boshqa tarmoq va sohalarga qiyosan ancha yuqori
mavqega ega. Mazkur tarmoqda keyingi yillarda qaror topgan ijobiy tamoyillarni
saqlab qolish nafaqat sohada balki butun milliy iqtisodiyotda
samarali bandlikni
ta‘minlashga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Samarali bandlikka erishib borish talabi nuqtai nazaridan iqtisodiyotning
qurilish hamda savdo tarmoqlarida va umumiy ovqatlanish sohalarida ishchi
kuchidan
foydalanilmayotgan katta potentsial
imkoniyatlar
mavjudligini
ko‘rsatadi. Xususan, qurilish tarmog‘ining bandlikdagi ulushi 2000-2016 yilda ¼
hissaga
ortgani holda, uning YaIM dagi hissasi deyarli o‘zgarmay qolgan. Savdo
va umumiy ovqatlanish sohalarining YaIM dagi ulushi kamayib borgan sharoitda,
unda band bo‘lganlar salmog‘i 1/3 barobarga ortgan. Demak, iqtisodiyotning
mazkur tarmoqlarida ham samarali bandlikka erishib borish istiqboldagi
vazifalardan
hisoblanib, davlatning bu sohalarni innovatsion rivojlantirishga qara-
461
tilgan chora-tadbirlari ko‘proq mehnat unumdorligi va iqtisodiy faoliyat
samaradarligini rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirilishi zarur.
Respublika iqtisodiyotida bandlarning hududiy kesimidagi ulushi ayrim vi-
loyatlar bo‘yicha 2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha
bo‘lgan darajani tashkil qilgan, ya‘ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsatkichi
o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016 y.). Sirdaryo va
Farg‘ona viloyatlarining YaIMdagi ulushi (mos ravishda 1,8 va 6,7%)dagi
farqlar
ko‘lami ham 3,7 barobardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Respublika viloyatlari bo‘yicha band bo‘lganlarning ulushidagi nisbatan
ancha katta farqlarni ular iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi, ixtisoslashuv
yo‘nalishi, tarmoq tuzilishi va unda sanoat hamda
qayta ishlovchi sohalarning
ulushi kabi omillar belgilab beradi.
Hozirgi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta‘minlash bo‘yicha
amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi:
1.
Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda
ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish.
2.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashga e‘tiborni
kuchaytirish.
3.
Ish
bilan
bandlikka
ko‘maklashuvchi
markazlar
faoliyatini
takomillashtirish, bunda eng avvalo, ular tuzilmasini maqbullashtirish.
Dostları ilə paylaş: