Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Ish bilan birlamchi va ikkilamchi bandlik tushunchalarini izohlang



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4.
Ish bilan birlamchi va ikkilamchi bandlik tushunchalarini izohlang.
 
5.
Mehnat birjasi nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
 


463 
UCHINCHI BO’LIM 
JAHON XO’JALIGI 
XXIX BOB. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA 
O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI 
 
1.
 
Jahon 
xo’jaligi 
rivojining 
asosiy 
tamoyillari 
va 
uning 
baynalminallashuvi. 
2.
 
Xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
shakllari. 
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi. 
3.
 
Xalqaro iqtisodiy integrattsiyaning mohiyati, shakllari va ob’ektiv 
asoslari. Qiyosiy ustunlik nazariyasi. 
4.
 
Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish. 
5.
 
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi va tashqi 
iqtisodiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari. 
 
1.
 
Jahon xo’jaligi rivojining asosiy tamoyillari va uning baynalminallashuvi 
Jahon xo‘jaligi va uning rivojlanish tamoyillari xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, jaxon 
xo‘jaligi rivojlanishining birinchi bosqichi jahon kapitalistik xo‘jalik tanho hukm-
ronlik qilgan davrni qamrab oladi. Bu davrda mustamlakachi davlatlarning 
xo‘jaligi, qaram davlatlar boyligi hisobiga rivojlangan. Jahon xo‘jaligi 
rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1917 yildan 1990 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z 
ichiga olib, bu davr jahon iqtisodiyoti bir-biriga qarama-qarshi ikki tizim ya‘ni, 
jahon kapitalistik va sotsialistik xo‘jaligi mavjud bo‘lganligi bilan tavsiflanadi. 
1991 yildan boshlab jahon xo‘jaligi rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu 
bosqich hozirgi yaxlit umumjahon xo‘jaligining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davrda jahon xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanishining muhim xususiyati - bu 
turli mamlakatlar va xo‘jalik regionlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarning o‘sib 
borishi hisoblanadi. 


464 
Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan 
bo‘lishidan qat‘iy nazar, jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to‘la 
qonli iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlash mumkin emas. 
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi 
turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‘lingan. Jahon 
hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga 
oshiriladi. Yaqin vaqtlargacha bizga sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va 
uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib kelingan. 
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan va 
bozor iqtisodi mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha 
ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o‘rtacha va yuqori rivojlangan 
mamlakatlar. Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial 
mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya 
Arabistoni, Quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu 
jumladan eng kambag‘al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil 
regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi. 
Hozirgi 
xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynal-
minallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika taraqqiyotining keng qamrovli 
xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida 
milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta‘minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas. 
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi davrida ishlab chiqarish omillarining 
harakati tezlashadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimo-
tining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik 
aloqalari milliy chegaradan o‘sib chiqadi va ob‘ektiv ravishda ishlab chiqarishning 
baynalminallashuviga olib keladi. 
Milliy xo‘jaliklar va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan 
jahon xo‘jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi. 


465 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin