468
Jahon infratuzilmasi.
Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy
chegaralar orqali to‘xtovsiz o‘sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining
rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transport tizimi (dengiz,
daryo, havo, temir yo‘l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining
rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog‘i tobora ko‘proq
ahamiyat kasb
etib boradi.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari,
yirik sanoat va savdo
birlashmalari keng tarmoqli axborot majmuasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan
rivojlanib ularning ta‘siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga
yoyilmoqda.
Hozirgi sharoitda turli xalqaro darajalarda maxsus «ma‘lumotlar banklari»
tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni
qidirib topishni ancha engillashtiradi.
Xalqaro ayriboshlash tovarlarda moddiylashgan
shakllardan nomaterial
aloqalarga tobora ko‘proq o‘rin bo‘shatadi, ya‘ni fan-texnika yutuqlari, ishlab
chiqarish
va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayriboshlash
o‘sib boradi.
Dostları ilə paylaş: