462
To’liq bandlik
– mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha
kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi.
Samarali bandlik
– xodimlarning o‘z mexnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy
manfaatdorligining ta‘minlanishi.
Birlamchi bandlik
– bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini
beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishi.
Ikkilamchi bandlik
– qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni qo‘shimcha daromad
beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishi.
Bandlik darajasi
– iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga
nisbati.
Mehnat birjasi
– ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga
yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga
oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasa.
Muhokama uchun savollar:
1.
Ishchi kuchini takror hosil qilish deganda nimani tushunasiz va uning
xususiyatlari qanday?
2.
Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq? Fan-texnika
taraqqiyotida ishchi kuchining sifatiga qanday talablar kuchayadi?
3.
Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma‘noda tushuniladi? Qanday qilib
ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?
Dostları ilə paylaş: