Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
4. Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik 
aloqalarini tartibga solish tizimini yaratish zarurligiga olib kelgan. Hozirgi davrda 


471 
qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida 
xalqaro valyuta fondi (XVF), xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), jahon 
savdosi sohasida-tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) ni ko‘rsatish 
mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan 
boshlangan. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy 
davlatlar faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro 
tashkilotlar tuzilishiga olib kelgan. 
Birinchi xalqaro tashkilotlar o‘tgan asrning 20-yillarda tuzilgan bo‘lsa-da, 
(Millatlar ligasi 1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada 
jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi 
jahon urushidan keyin shakllana boshladi. 
1945 yilda maxsus xalqaro moliyaviy muassasalar –Xalqaro valyuta fondi 
(XVF) va Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi davrda 
ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro 
kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-
qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo‘-
yicha bosh kelishuv (TSBK) Evropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT), 
NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi qo‘mitasi (IMUK) xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keladi. 
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat 
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK) 
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylan-
masining 4

5 qismidan ko‘prog‘ini tartibga soladi. Uning faoliyati savdoda 
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda 
maslahatlashish kabi tartiblarga asoslanadi.
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish XVF, XTTB, iqtisodiy 
xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO), xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. 


472 
G‘arbdagi etti etakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol 
o‘ynaydi. 
Valyuta – moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p 
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta 
kurslari va a‘zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama 
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, 
a‘zo mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit 
beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish 
bilan XTTB faol shug‘ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga 
kiruvchi Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporatsiya 
(XMK) har xil investitsion ob‘ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan 
shug‘ullanadi, 
loyihalarning 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslarini 
tayyorlaydi, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga yordam beradi. 
Davlatlararo tashkilotlar ichida barcha sanoat jahatdan rivojlangan mamla-
katlarni birlashtiruvchi IXRO doirasida mamlakatlar to‘lov balansi holatini o‘rga-
nish amalga oshiriladi, makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar 
beriladi. IXRO jahon xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli funktsional aloqalarni 
o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va byudjet siyosati, narxlar, savdo va boshqa 
sohalar bo‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy prognozlar tavsiya etadi. 
Sharqiy Evropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir 
ko‘rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Evropa tiklanish va 
taraqqiyoti banki (ETTB) tuzilgan. 
O‘tgan asrning oxirlarida dunyoda AQSh, G‘arbiy Evropa, Xitoy va 
Yaponiyadan iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham 
jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilot a‘zolari 
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta‘siri bo‘ldi. XVF, XTTB, TSBKga Osiyo, 
Afrika, Latin Amerikasidagi ozod bo‘lgan mamlakatlar va keyin qator sobiq 


473 
sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini 
tartibga solishda ma‘lum o‘zgarishlarga olib keladi. 
Evropa Ittifoqi (EI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat tufayli 
yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta‘sis etiladi. 
Bu idtifoqning shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish uchun bir qator 
Evropa muassasalari tuzildi. 
Evropa 
Ittifoqining 
ijroiya 
organi-Evropa 
hamjamiyatiKomissiyasi 
(EHK)dir. Uning a‘zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z 
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir. 
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi-Vazirlar Kengashi hisoblanadi. 
Uning tarkibida ichki ishlar, moliya, ta‘minot, qishloq xo‘jaligi kabi Vazirlar 
kengashi mavjud bo‘ladi. 
Evropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat 
byudjeti va qonunlarini ma‘qullash hamda ularga o‘zgartirish kiritish huquqi 
Evroparlament zimmasiga yuklatiladi. 
Evropa Ittifoqida (1999 yilda) yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila 
boshlagach yagona valyuta-evro joriy etildi va yangi muassasa - Evropa Markaziy 
banki tuzilib, u milliy banklar bilan birga Evropa banklar tizimining asosini tashkil 
qiladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin