Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Xalqaro mehnat taqsimoti 
- alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlar 
ayrim turlarining ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya 
- jahon mamlakatlari o‘zaro iqtisodiy 
aloqalarining chuqurlashuvi va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar 
o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni. 
Ishchi kuchining xalqaro migrattsiyasi 
- mehnat resurslarining ancha 
qulay sharoitda ish bilan ta‘minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga 
ko‘chib o‘tishi. 
Emigratsiya 
- ishchi kuchining mamlakatdan doimiy yashash joyiga chiqib 
ketishi. 
Immigratsiya 
- ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kelishi. 
Erkin savdo zonalari
- iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, 
uning dorasida savdo cheklashlari bekor qilinadi. 
Boj ittifoqi 
- yagona tashqi savdo ta‘riflari o‘rnatishni va uchinchi 
mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. 


478 
To’lov ittifoqi
- milliy valyutalarning o‘zaro almashinuvi va hisob-kitobda 
yagona pul birligining amal qilishi. 
Umumiy bozor
- bunda uning qatnashchilari o‘zaro erkin savdoni amalga 
oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o‘tkazish bilan birga kapital va ishchi 
kuchining erkin harakati ta‘minlanadi. 
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi 
- iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli 
bo‘lib, bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha shakllari iqtisodiy va valyuta-
moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. 
 
Muhokama uchun savollar 
1.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati 
nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodga ta‘siri qanday? 
2.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga 
asoslanadi? Ularni turkumlashga hozirgi davrda yondashuvlarga asoslanib 
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating. 
3.
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy 
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi? 
4.
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta‘sir 
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering. 
5.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi? 
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating. 
6.
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ular har 
birining ahamiyatini ko‘rsating. 
7.
Xalqaro mehnat taqsimotini mutloq va qiyosiy ustunlik nazariyasidan 
foydalanib tahlil qiling. Qiyosiy ishlab chiqarish xarajatlari nima? 
8.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib 
qo‘yadi? 
9.
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarini 
ko‘rsating. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin