110
ta‘minlashdan iborat bo‘ladi. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan,
qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga,
ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy
muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashdagi keskinlikka barham berishga
va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga
muvaffaq bo‘lindi.
Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun
qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa
uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon
xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992
yildagi 33% dan 1999 yilda 60,3% ni, 2002 yilda 66% ni va 2008 yilda 65,3% ni
2012 yilda 63,7%ni va 2014 yilda 64,3% ni 2016 yilda 65,1 tashkil qilgan.
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik
Dostları ilə paylaş: