Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Birinchi vazifa – 
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan 
ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik 
faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni 
rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo‘lmagan qismning 
ulushini oshirish ko‘zda tutiladi. 
Ikkinchi vazifa
– ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, 
umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi. 
19
Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333 бетлар 


107 
Uchinchi vazifa
– milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat. 
Bu esa so‘mning konvertatsiyasi, qat‘iy valyutalarga erkin sur‘atda almashtirish 
layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta‘sirchan choralarni qo‘l-
lash, iste‘mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ichki bozorni shunday 
mollar bilan to‘ldirish, korxonalarning chetga tovar chiqarishini kengaytirish 
hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo‘li bilan erishiladi. 
To’rtinchi vazifa
– iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, 
xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish. 
Bu tarkibiy o‘zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan 
tarmoqlarni, jumladan yoqilg‘i, energetika va g‘alla majmualarini rivojlantirish 
nazarda tutiladi. 
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda birinchi bosqichda davlat sektori va bozor 
xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi 
bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar 
erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi. 
Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining, hozirgi bosqichda ―harajatlar
strategiyasi‖ga muvofiq iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga 
oshirish ko‘zda tutiladi. 

Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini 
izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 

Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda 
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 

Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan 
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va 
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 

Kichik biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin olishiga erishish; 


108 

Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini 
ta‘minlash; 

Iqtisodiyotda mamlakat iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin