151
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga
xos tamoyillari,
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l
bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida)
keng doiradagi ishlab chiqarish, texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar,
ayrim
turdagi xalq iste‘moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va
tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat
va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmat-
larning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. Qat‘iy belgilangan
va davlat
tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr,
noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi,
transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi.
Narxlarni erkinlashtirish
aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.
Respublika iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida: ―... Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini
saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta
va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta‘minlash – eng muhim
ustuvor vazifamizdir.‖
Dostları ilə paylaş: