Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

X BOB. RAQOBAT VA MONOPOLIYA 
1.
 
Raqobatning iqtisodiy mazmuni. 
2.
 
Raqobat shakllari va usullari. 
3.
 
Monopoliya, uning vujudga kelishi va turlari. 
4.
 
Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy –iqtisodiy oqibatlari. 
 
1.
 
Raqobatning iqtisodiy mazmuni 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim 
belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mehanizmi hisoblanadi. 
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan 
yondoshib tahlil qilishni talab qiladi.
 
Mustaqil tovar 
ishlab chiqaruvchilar
(korxonalar) o‘rtasidagi raqobat 
tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda 
sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan 
iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib 
olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste‘molchilar uchun kurashdir. 
Resurslarni yetkazib beruvchilar 
o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, 
er-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab 
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor 
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin 
namoyon bo‘ladi. 
Raqobat 
iste’molchilar
o‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va 
arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya‘ni xaridor har bir sarflangan pul 
birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli 
tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. 
Shunday ekan, raqobat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u bozorning barcha 
sub‘ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 


154 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin