157
raqobatlashadi. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya‘ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish
orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Sof monopoliyada
tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lganligi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka
hukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning
yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Oligopoliya
– tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis,
alyuminiy, qo‘rg‘oshin,
temir va shu kabilar fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va
oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘mol tovarlari – avtomobillar, kir
yuvish
vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining
narx siyosatini mustaqil
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Qarab chiqilgan raqobat shakllarining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-
alohida, ya‘ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyotda cheksiz ko‘p har xil raqobatli
vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyin ko‘rsatadi.
Hozirda iqtisodiyotda turlicha monopollashuv
darajasidagi tuzilmalar
mavjud bo‘lishi sababli raqobat turlari ham har xil bo‘lishi mumkin.
1)
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
158
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3)
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4)
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
Raqobatlashuv usullariga ko‘ra uning g‘irrom va halol
Dostları ilə paylaş: