Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


turlari ham ajratib  ko‘rsatiladi.  Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etil-



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
turlari ham ajratib 
ko‘rsatiladi. 
Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etil-
magan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy 
(ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur 
etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. 
G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini 
tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs 
ta‘minotchilarini kredit va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga 
majburlash, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish 
g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida 
jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad 
va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi 
holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va 
narxsiz raqobat. 
Narx 
vositasida 
raqobatlashuvda 
kurashning 
asosiy 
usuli 
ishlab 
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning 
shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng 
ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi - «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab 
chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan 
yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi 
boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq 
ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‘ladi. 
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past 
bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi. 


159 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni 
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo‘lgan narxlar bo‘yicha chiqaradi. 
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish yangi 
bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga 
xaraqat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Amaliy hayotda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. 
Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste‘mol xususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi kerak. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z 
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat 
qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat 
tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi. 
Narxsiz raqobatda kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki 
uning sifati, servis xizmati ko‘rsatish, reklama, tovar belgilari va fabrika
muxirlari ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e‘tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin 
turli-tuman iste‘mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Taklif talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari 
mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan 
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda qoplanadi. 
Fan-texnika 
taraqqiyoti 
avj 
olgan 
hozirgi 
sharoitda, 
texnika 
va 
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash 


160 
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab 
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat 
foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat 
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, 
o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini 
ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda 
ta‘mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari 
o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste‘-
molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlaridan 
foydalanishni 
kamaytirib 
tovar 
taklifini 
qisqartiradilar. 
Shu 
sababli 
iqtisodiy 
beqarorlik 
davrlarida 
ham 
narx 
barqarorligicha qolaveradi. Bunda ―ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning 
raqobatbardoshligini taminlash‖
35
muhim ahamiyatga ega. 
Monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin 
tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, 
iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar 
hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli 
bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va 
reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin