Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.
 
Raqobat shakllari va usullari 
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish 
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga 
ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga-tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo 
raqobatga bo‘linadi. 
Tarmoq ichidagi raqobatning 
to’rtta shaklda mavjud bo’ladi: 
e
rkin 
raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. 
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo‘ladi: tarmoq ichida, ya‘ni bir xil 
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya‘ni turli 
tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab 
chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish 
uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan 
ta‘minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar 
borligi sababli mazkur korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual
qiymati bir xil bo‘lmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. 
Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq 
tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos 
keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat 
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va aks holda
ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi. 


156 
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda olish 
uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam 
bo‘lgan tarmoqlardan uning normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib 
o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, 
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, 
narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda 
keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu 
yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklifidan 
oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi 
oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob‘ektiv ravishda qandaydir dinamik 
muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan 
qat‘iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta‘minlaydi. 
Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq 
foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi». 
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda 
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda 
ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. 
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz 
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish 
hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning 
ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli 
ta‘sir ko‘rsatmaydi. 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda 
mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi 
korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini 
sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar 
bo‘lmaydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin