Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlamani kuzatishni qo’llash zarurligi


Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99550
1   2   3
6...Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlamani kuzatishni qo’llash zaru

Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili.

Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki«O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi.




Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili.
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi.
Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...I». Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsatdi; buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir. Xo'sh, davlatning bosh islohotchi va iqtisodiyotni tartiblashtirib turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi? Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak, u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor va tarkibiy tuzilmasi biryoqlama bo'lgan mamlakatda. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni izchillik va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchiligi shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlaridagina emas, butun dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi. Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. Prczidcntimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin