Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati


Bozor iqtisodiyotida raqobat



Yüklə 41,61 Kb.
səhifə5/14
tarix24.10.2023
ölçüsü41,61 Kb.
#160506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati-fayllar.org

4.Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin tutadi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi kuch hisoblanadi. Raqobat kurashi mehnat unumini oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, yangi texnika, texnologiyani joriy qilishga, iqtisodiy resurslarni kam sarflagan holda ularni samarali ishlatishga undaydi. Raqobat kurashida g’olib chiqish uchun aholi talabiga mos tovarlar ishlab chiqarishga, talabning o’zgarishiga tez moslashish zarur. Natijada raqobat kurashi iqtisodiyotni olg’a qarab rivojlanishiga olib keladi. Bu monopoliya mavjud bo’lgan taqdirda ham o’z bilganicha ish yuritishni bildirmaydi.Chunki raqobatni davlat tartibga solib turadi. Antimonopol kuchlar vujudga keltirilib, bozor iqtisodiyotining hamma sub’ektlari uchun bir xil imkoniyat yaratiladi. Ana shu imkoniyatdan qay darajada foydalanish ishbilarmonlikka bog’liq.
Bozor iqtisodiyotida bir tomondan, manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchi tomondan, sub’ektlar o’z faoliyatini, demak, manfaatlarini bir-birlariga muvofiqlashtirishga intiladilar. Chunki faqat raqobatlashsalar ularning ishi yurishmaydi. Bu iqtisodiyotda ikki bir-biriga zid tomon. Iqtisodiy integratsiya ham iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlarini moslashtirishga, murosaga kelishiga undaydi. Ishlab chiqarishdagi o’zaro bog’liqlik kuchayishi bilan integratsiyalashmay yaxshi foyda olish qiyin bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining kuchayishi firma, korxonalarning bir-biriga bog’liqligini kuchaytiradi. Natijada ular o’rtasida doimiy ravishda tijorat aloqalari o’rnatiladiki, bunda sheriklariga pand bermaslik muhim rol o’ynaydi.

5.Bozor iqtisodiyotida narxlar erkin, talab va taklif nisbati asosida shakllanadi. Narx sotuvchi bilan xaridorning savdolashib kelishishi tufayli belgilanadi. Bunda sotuvchi sarflagan xarajatlarini qoplab, foyda ko’rishni nazarda tutsa, xaridor eng yuqori naf ko’rishini o’ylaydi. Pul iqtisodiy aloqalarning asosiy vositasi hisoblanadi. Liberallashgan narxlar sotuvchini ham, xaridorni ham hamisha narxni hisobga olgan holda, foyda-zararni nazarda tutgan holda faoliyat yuritishga olib keladi.


Yüklə 41,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin