Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati


Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari



Yüklə 41,61 Kb.
səhifə7/14
tarix24.10.2023
ölçüsü41,61 Kb.
#160506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bozor Iqtisodiyoti va uning umumiy mazmun, mohiyati-fayllar.org

Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari tadbirkorlar, ishchilar, kapital, qimmatbaho qog’oz egalari, tijoratchilar, iste’molchilar va hokazolardan iborat.
Bu sub’ektlar teng huquqli bo’lib, bir-biri bilan maqsadi, hamkorlikka undovchi manfaatlari, tovar va xizmatlar harakatini tashkil etish shakli va xarakteri jihatidan bog’langan.
Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari iqtisodiy adabiyotlarda to’rt guruhga bo’linadi:


uy xo’jaligi, firma (korxona), moliyaviy institut va davlat (hukumat).

1.Uy xo’jaligi. Uning tarkibi bir yoki bir necha kishidan iborat iqtisodiy birlik — oiladan iborat.
Uy xo’jaligi:

  1. -ishlab chiqarishni mehnat resurslari bilan ta’minlaydi;


  2. -mustaqil qarorlar qabul qiladi;


  3. -ishlab chiqarish omillarining: kapital, er, mehnat, tadbirkorlikning egasi hisoblanadi;


  4. -o’z xo’jaligi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intiladi.




2.Korxonalar (xo’jalik, firmalar) iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib:
  1. -ishlab chiqarish omillaridan biron-bir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida foydalanadilar;


  2. -maksimal darajada foyda olishga harakat qiladilar;


  3. -mustaqil ish yuritadilar.




3.Moliyaviy institutlar — bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit tashkiloti hisoblanadi.

4.Davlat, aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham shug’ullanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar.
Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha:
Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida namoyon bo’ladilar.




  1. Yüklə 41,61 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin