Bozor iqtisodiyotini organish


O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə10/10
tarix08.03.2023
ölçüsü266,5 Kb.
#87013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOZOR IQTISODIYОTINING MAZMUNI VA AMAL QILIShI.BOZOR IQTISODIYETINING O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYaTLARI

4. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari
va xususiyatlari.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma’lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o’tishning revolyusion va evolyusion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyusion yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar.
O’zbekistonda esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li tanlandi.
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustunligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.


Xulosa

1.Bozor va bozor iktisodiyoti. Bozorni oddiy savdo, sotuvchi va xaridorlarning munosabatlari sifatida tushunish mavjud. Bozor iqtisodiyotini tovar muomalasi, shuningdek, xujalik usuli, xujaliklararo aloqa turi, deb tushunish mavjud. Lekin bozor iktisodiyoti keng tushuncha bulib, u muomala va aloqa usuli tushunchalari bilan chegaralanmay, balki barcha tarmok va sodalarni uz ichiga olgan iktisodiyot tizimidir.


2. “Kuzga kurinmas pul”. Bu bozor iqtisodiyotining ichki darakatini tushuntiruvchi uzini-uzi boshkaruv, tartibga solish, Uz ichki qonuniyatlari asosidagi tarakat kobiliyatidir. U yangi ilmiy-texnologik yechimlarni ishlab chikdrishda kullashni, iktisodiy tarakkiyotni ta’minlaydi. Ishlab chikarish xajmi va tuzilishini talabga moslaydi, xarajatlarni kamaytirib, tovar va xizmat kursatish sifatini kutaradi.
3. Bozor va manfaatlar uygunligi. Bozor xususiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar mosligini ta’minlash xususiyatiga ega bulib, buning asosida inson shaxsiy manfaati ustunligi yotadi. Tadbirkorning shaxsiy manfaati xaridor-iste’molchilar shaxsiy manfaati orqali amalga oshishi mumkin.
4. “Aralash iqtisodiyot”. Bozor iqtisodiyoti yagona tizim bulib qolmay, shu bilan birga davlat iqtisodiyoti dam mavjud. Sivilizatsiyali iqtisodiyotda davlatning tartibga solish faoliyati kengayib boradi va u ayni vaqtda bozor ishtirokchisi sifatida faoliyat kursatadi. www.зиёуз.cом кутубхонаси
5. Ishlab chiqarish va talab davrlari. Bozor iqgisodiyoti davrlari bulib, bunda birlamchi bulgan ishlab chiqarishni yaratish utish davriga xos. Bunda tovar va tovarlashgan xizmatlar mul-qulligi, demak, bozorning moddiy asosi yaratiladi. Talab davri fakdt yuqori darajali ishlab chikdrish sharoitida va ishlab chiqdrishning tuligicha talabni sondira olish darajasiga erishilganda boshlanadi. Talab davri bozorning tub mazmunini uzida aks etgiradi.
6. Bozor va nobozor iqtisodiyoti. Bozor nobozor iqtisodiyoti asosida yuzaga keladi va asosan erkin iqtisodiy xarakat, shaxsiy manfaatga asoslangan va tashabbuskorlikni rarbatlantirish xususiyatlari bilan farkdanadi. Mamlakatimizda mavjud bulgan nobozor iqtisodiyoti juda kup nuksonlarga ega bulgan va u samarasizligi bilan farqlangan.

1


Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin