Bozor muvozanati va uning turlari reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 66,33 Kb.
səhifə2/9
tarix16.12.2023
ölçüsü66,33 Kb.
#183105
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bozor muvozanati va uning turlari reja I. Kirish II. Asosiy qism-fayllar.org (1)

Kurs ishining maqsadi. Yuqorida bir necha marotaba “Bozor iqtisodiyoti" degan so’zni bir necha bor ishlatdik. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qilinadi.
Ammo, bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaning kuchayishi, avval aytib o’tilganidek, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.
Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi.
Muvozanat modellari iqtisodiy agentlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Ushbu modellar iqtisodiy sub'ektlarning o'zaro ta'sir modellarining yanada umumiy sinfining alohida hodisasidir. Iqtisodiy tizimning muvozanat va muvozanatsiz holatlari muvozanat modellari yordamida o'rganiladi.
Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda.

Yüklə 66,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin