Bozor va uning turlari



Yüklə 32,45 Kb.
səhifə1/10
tarix12.10.2023
ölçüsü32,45 Kb.
#154296
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor va uning turlari-fayllar.org (1)


Bozor va uning turlari

Bozor va uning turlari
2. Bozor va uning turlari
Hozirgi davrdagi bozor murakkab mexanizm hisoblanadi. Har qanday tadbirkor bozorning turlari haqida bilimga ega bo’lishi kerak. Bozordagi tovarlarning xilma-xilligi, uning murakkab tuzilishga ega ekanligini asoslab beradi.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko’rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi. Ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
I. Geografik joylashishiga qarab:

  • mahalliy bozor – shahar yoki qishloqdagi bozorlar;

  • milliy yoki ichki bozor – bu ma’lum bir davlatning bozori hisoblanadi;

  • mintaqaviy bozor – bu har xil davlatlar bozori va uning birlashmalari hisoblanadi.

Masalan: Evropa iqtisodiy hamkorligi, Markaziy Osiyo mintaqasi, Arab davlatlari birlashmasi va h.k.
Jahon bozori rivojlangan davlatlar iqtisodini qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jahon bozoriga hissa qo’sha boshladi.
1992 yilda O’zbekistonning mahsulotlari chet ellarga 870 million AQSh dollar miqdorida eksport qilingan bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 3725 mln. AQSh dollarini, 2007 yilda esa 8991,5 AQSh dollarini tashkil etdi. MDH davlatlariga qilingan eksport darajasi 47,5 foizni boshqa xorijiy davlatlarga 52,5 foizni tashkil etgan21.
II. Faoliyat ko’rsatish, darajasiga qarab:


  • asosiy bozor – bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi;

  • qo’shimcha bozor – mahsulotlarning birqismi sotiladi;

  • samarasiz bozor – vaqtinchalik faoliyat ko’rsatadi;

  • salohiyatli bozor – ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor;

  • sust bozor – yashashi yoki yashamasligi noma’lum bozor.

III. Mahsulotlarning sotilish turiga qarab:

  • ulgurji bozor;

  • chakana bozor.

IV. Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab:

  • muvozanatli bozor;

  • muvozanatsiz bozor;

  • taqchil bozor.

V. Qonunga qarab:

  • qonuniy bozor;

  • xufiya bozor.

VI. Raqobat kurashiga qarab:

  • erkin raqobat bozori;

  • monopolistik bozor;

  • oligopolik bozori;

  • sof monopolistik bozori.

VII. Tarmoq turiga qarab:

  • avtomobil bozori;

  • kompyuter bozori;

  • samolyot bozori va hokazo.

VIII. Mazmuni va ishlatilishiga qarab:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin