Bu formulaning Gauss sistemasidagi kurinishi kuyidagicha buladi


- §. Van-de-Graaf generatori



Yüklə 31,35 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü31,35 Kb.
#194352
1   2   3   4   5
Bu formulaning Gauss sistemasidagi kurinishi kuyidagicha buladi

23- §. Van-de-Graaf generatori
1929 yilda Van-de-Graaf elektrostatik generatorning ortiqcha zaryadlarning o‘tkazgich tashqi sirtiga joylashishi hodisasiga asoslangan konstruksiyasini taklif qildi. Bunday generatorning sxemasi 49-rasmda ko‘rsatilgan. Konduktor deb ataluvchi havol metall shar izolyatsiyalovchi kolonnaga o‘rnatiladi. Shar ichiga shoyi yoki rezinalangan gazlama lenta valiklar yordamida cheksiz harakatlanadigan qilib o‘rnatilgan. Kolonnaning pastki asosida lentaning yoniga uchli taroq qo‘yilgan bo‘lib, bir necha o‘n kilovoltga mo‘ljallangan kuchlanish generatori (GN) uyg‘otayotgan zaryad yana shu uchlar orqali lentaga o‘tadi. Konduktor ichiga ikkinchi taroq o‘rnatilgan bo‘lib, lentadan bu taroqning uchlariga zaryad o‘tadi. Bu taroq konduktorga ulangani uchun lentadan olingan zaryad konduktorning tashqi sirtiga joylashadi. Konduktordagi zaryadning miqdori kӯpaynshi bilan uning potensiali ortib boradi, bunday ortish sizib ketayotgan zaryad olib kelinayotgan zaryadga teng bo‘lmaguncha davom etadi. Konduktordagi zaryad asosan konduktor yaqinidagi gazningnionlanishi natijasida sizib ketadi (shunday protsess taʼsirida gaz orqali tokning oʻtishini toj razryad yoki tojlanish deyiladi (91- § ga qarang). Tojlanish hodisasini kamaytirish uchun konduktorning sirti yaxshilab silliqlanadi (jismning boʻrtgan joylarida maydon kuchlanganligi eng katta boʻlishini eslaylik). Havo bosimi atmosfera bosimiga teng boʻlganda razryad boʻlishi uchun maydon kuchlanganligi taxminan 30 kvʻsm ga teng boʻlishi kerak. Sharning radiusi qanchalik kichik boʻlsa, uning atrofidagi maydonning kuchlanganligi yuqoridagi qiymatga shunchalik tez yetadi [(16.24) formulaga qarang]. Shuning uchun juda katta potensiallar farqiga ega boʻlish uchun konduktorning oʻlchamlarini ham katta (diametri 10 metrgacha) olish kerak. Gazning elektr mustahkamligi (yaʼni razryad boshlanadigan maydon kuchlanganligining qiymati) bosim ortishi bilan koʻpayib boradi. Shuning uchun generatorni siqilgan gaz atmosferasiga joylashtirib, uning oʻlchamlarini ancha kamaytirish mumkin. Odatda generator taxminan 10 at bosim ostida gaz (azot yoki elektr mustahkamligi yuqoriroq boʻlgan freonʻ)) toʻldirilgan bakning ichiga joylashtiriladi. Van-de-Graaf generatori yordamida erishish mumkin boʻlgan eng yuqori potensiallar farqi 107 v ga yaqindir. Van-de-Graaf generatoridan atom yadrosini oʻrganish boʻyicha tajribalarda zaryadlangan zarralarni tezlashtirish uchun foydalaniladi. Zarralar razryad trubkasida (RT) tezlashtirilib, generator yordamida olingan potensiallar farqi shu trubkaning elektrodlariga uzatiladi, Baʼzan Van-de-Graaf generatori bir-biriga yaqin joylashgan ikkita kolonna sifatida qurilib, bu kolonnalarning konduktorlari har xil isho- rada zaryadlanadi. Bunday holda razryad trubkasi konduktorlar orasiga ulanadi.

Yüklə 31,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin