Tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar
bo’yicha jamlanma qaydnomalar, tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha qoldiq
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart.
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va raxbar tomonidan
imzolanib ilova qilinadi. Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarining
rahbarlari va bosh hisobchilari moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi,
to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi.
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik,
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: