davlat moliyaviy nazorati
amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi
va
davomiyligini bilishga;
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan
mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat
tarzidagi davlat moliyaviy
nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani,
shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarni
davlat moliyaviy nazoratiga qo’ymaslikka;
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor
shaxslari davlat moliyaviy
nazoratini o’tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor
shaxslarining qonuniy
talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy
nazorat organi mansabdor
shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish vaqtida
davlat moliyaviy nazorat
organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi
hamda ularning ishonchliligi,
xolisligi va to’liqligi uchun shaxsan javobgar bo’lishi;
byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan
mablag’larning o’rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi
shart.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari
qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va ularning zimmasida boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: