Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
2-chizma. Nomoddiy akvtivlarni nazoratdan o’tkazish manbalari 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga 
oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni 
ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bundan 
tashqari, nomoddiy aktivlarni sotish, beg’araz berish bo’yicha tuzilgan 
shartnomalarning asosliligi va dalolatnomalarning to’g’riligi alohida 
tekshiriladi. 
Nomoddiy aktivlar kirimi va hisobdan chiqarilishiga oid buxgalteriya 
xujjatlari (qaydnoma, dalolatnoma va boshqalar) 
AV6-son shakldagi inventar 
kartochka 
274- son shakldagi 6-memorial order 
308-shakldagi bosh jurnal kitobi 
Hisobt shakllari 


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni kamomadi yoki yo’qotishlari 
mavjudligi holatlarini hisobda aks ettirilashi va zarur hollarda huquqni 
muxofaza qilish organlariga ma’lumotlarning taqdim etish holatlariga alohida 
e’tibor 
qaratiladi. 
O’tkazilgan 
inventarizatsiya 
natijalarini 
to’g’ri 
rasmiylashtirilishi o’rganiladi. 
 
2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik 
hisobining nazorati 
Buxgalteriya hisobida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi inventar 
ob’ektlar bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisobni bunday yuritilishi har 
tomonlama asoslangan va sifatli nazorat o’tkazishni ta’minlaydi. Asosiy 
vositalarni inventar ob’ektlari bo’yicha yuritilishi orqali ularni sinflashtirishni 
to’g’ri tashkil qilish imkonini yaratib beradi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sinflashtirilishi orqali ularni 
zarurligi va samarali ishlatilishi to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi asosiy 
vositalar analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga 
mosligini birinchi navbatda aniqlab olishi zarur.
Ma’lumki, har bir inventar ob’ekt moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi 
va buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha inventar kartochkalarni ochilishi 
hamda ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, har bir moddiy 
javobgar 
shaxs 
bilan 
moddiy 
javobgarlik 
to’g’risida 
shartnoma 
rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tekshiruvdan o’tkazish 
davomida ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va nima sababdan 
hisobdan chiqarilayotganligi alohida o’rganishni talab etadi. 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida yo’nalishini to’g’ri 
rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar o’zgarganda natijalarni hisobda 
aks ettirilishini o’z vaqtida amalga oshirilganligi ham tekshirishdan o’tkazilishi 
zarur. 
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi, unda hisob 
umumiy hisobi bo’yicha faqat pul ifodasida yuritiladi. 
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sintetik 
hisobi schyotlar rejasining asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli 
nomoliyaviy aktivlar nomli bo’limida keltirilgan schyotlar orqali tartibga 
solinadi. Tekshiri jaranyoida avvalambor buxgalteriya hisobi schyotlarining 
etarli darajada ochilganligi aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining asosiy 
vazifasi moddiy aktivlarni asosiy vositalar trakibiga to’g’ri kiritilishini aniqlab 
olishdan iborat.
Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar tarkibiga zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq 
vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalaniladigan, shuningdek, ijaraga berish 


mumkin bo’lgan moddiy aktivlar kiradi. Bular 01 - asosiy vositalar nomli 
schyotning subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu 
schyotning sal’dosi 274-son shakldagi 6-memorial order jami summasi bilan 
taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va moliyaviy hisobot 
shakllarining asosiy vositalarni hisobga oluvchi moddalari bilan mos kelishi 
kerak.
Tugatish munosabati bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarganda 
hisoblangan eskirish summasi 02-schyotning debeti va 01-schyotning kreditiga 
taalluqli subschyotlar orqali amalga oshiriladi. Bunday buxgalteriya pravodkasi 
AV-4 sonli shakl va 444-sonli shakl dalolatnomalari mavjud bo’lganda beriladi. 
Tekshiruvchi dalolatnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlashi zarur.
Shuni alohida qayd etish kerakki, agarda asosiy vositalar va nomoddiy 
akvtivlar realizatsiya orqali hisobdan chiqarilganda moliyaviy natija aniqlanishi 
zarur. Bunda, budjet tashkilotlarida 201- Asosiy vositalar va boshqa aktivlar 
realizatsiyasi nomli taqqoslovchi schyotdan foydalaniladi. Moliyaviy natija 
ijobiy bo’lgan taqdirda 201-schyot 272- Boshqa budjetdan tashqari daromadlar 
nomli schyotning kreditiga yopiladi. Agar moliyaviy natija salbiy bo’lsa, u holda 
farq asosiy vositalarni kirim qilish manbalari xaqiqiy xarajatlarida aks ettiriladi. 
Tekshiruvchi salbiy farq nima sababdan vujudga kelganligini, uni keltirib 
chiqargan javobgar shaxslarni aniqlashi zarur. Bundan tashqari xarajatlarni 
to’g’ri aks ettirilganligi quyidagi buxgalteriya schyotlari orqali aniqlanadi: 231-
Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar, 241-To’lovlarning maxsus 
turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan 
xaqiqiy xarajatlar, 251-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar va 
boshqalar.
Nomoddiy aktivlarni yaratilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar 080-
Nomoddiy aktivlarga xarajatlar nomli schyotlarda aks ettiriladi. Bu schyotning 
aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk xatlari, 
bajarilgan ishlarni qabul-topshrish dalolatnomalarining xaqqoniyligi aniqlanadi. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 030-Nomoddiy akvtivlar schyotining 
kreditida aks ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar 
baholashning xaqqoniyligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Shunga alohida e’tibor 
qaratish kerakki nomoddiy aktivlar foydalnishga yaroqsiz holga kelgunga qadar 
hisobda aks ettirilishi zarur. 
Asosiy vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda har yili qayta 
baholanadi. Ularning qiymatini har yili 1 yanvar holati bo’yicha qayta 
baholashni o’tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi.1 
Yanvar holati bo’yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta 
baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil 
davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha esa - xarid qilish qiymatidan 
amalga oshiriladi. Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining 
qiymati qayta baholanmaydi. 


Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholashni amalga oshirish 
usullarini qo’llanilishi tahlil qilinadi. Asosan, qayta baholash aynan o’xshash 
bo’lgan yangi ob’ektlarga xujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha 
qo’yilgan qiymat asos qilib olinadi. Yoki, asosiy vositalar turlari bo’yicha ularni 
xarid qilish davrlariga tabaqalangan asosiy vositalarning qiymatini o’zgarish 
indekslarini qo’llagan holda aniqlanadi. 
Tekshirish jarayonida asosan, asosiy vositalarni qayta baholanishini o’z 
vaqtida amalga oshirilishi va buxgalteriya hisobidan to’g’ri aks ettirilganligi 
aniqlanadi. Asosiy vositalarni o’z vaqtida qayta baholamaslik real bozor 
baholaridan farq qilishga olib keladi va bu o’z navbatida asosiy vositalar 
saqlanishi izdan chiqishiga olib kelish extimolini vujudga keltiriladi. 
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash 
vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan 
boshlanadi. Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda 
“Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga 
kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini 
alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri 
ochilganligini aniqlab olish kerak. Masalan, 023/1-“Mashina va jihozlarning 
eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”, 023/2 –“Mashina va jihozlarning 
eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar. 
Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish 
summasining oshishi 28-Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks 
ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu 
schyotning kreditiga olib borilishi zarur. Balansdan chiqarilayotgan asosiy 
vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet 
tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi. 
Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin