•
tibbiyot
muassasalarini
moddiy rag’batlantirish
va rivojlantirish
jamg’armasi;
•
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
•
qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag’lar,
jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga
yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan,
ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish
jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish
jamg’armasi
bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar
smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetada budjetdan tashqari
mablag’lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari
qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarning daromad qismiga
budjetdan tashqari mablag’larning qonunchilikka
muvofiq barcha shakllanish
manbalari bo’yicha kutilayotgan mablag’lar tushumi va moliya yilining boshiga
mablag’lar qoldig’i kiritiladi.
Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalari alohida
ro’yxatdan o’tkazish kartochkalarini berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.
Ro’yxatdan o’tkazish kartochkasi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan
tashkilotlarga beriladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan, boshqa tashkilotning tuzilmaviy
bo’linmasi bo’lgan tuzilmalar shu tashkilot bilan birga bitta ro’yxatdan o’tkazish
kartochkasi bo’yicha ro’yxatdan o’tkaziladi.
Har yili birinchi chorakda moliya organlari barcha tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarining tuzilishi, tasdiqlanishining to’g’riligini
va o’z vaqtida etkazilishini tekshirishdan o’tkazishi,
hududiy moliya organlari
tomonidan mazkur ishlarning o’z vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli
nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va o’tkazishda
ularga zarur
yordamlarni ko’rsatishi lozim.
Budjet mablag’laridan tasdiqlanmagan budjetdan tashqari mablag’lar
bo’yicha smetada yoki umumlashgan smeta va alohida xarajatlar smetasida
tayinlanganidan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: