-
tekshirish va taftish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma;
-
davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma
dalolatnoma;
-
o’rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat
— ma’lumotnoma yoki xulosa;
-
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy
nazorati natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy
nazorati natijalariga doir
hujjatlar quyidagilar ko’rsatilgan holda rasmiylashtiriladi:
-
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;
-
tekshirish o’tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos;
-
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o’tkazish davri;
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi,
ismi va otasining ismi;
-
moliyaviy nazorat ob’ektining to’liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan
davr uchun mas’ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining
ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko’rsatilgan holda;
-
moliyaviy nazorat ob’ektining joylashgan eri (pochta manzili), bank
rekvizitlari;
-
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar
haqidagi ma’lumotlar;
-
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o’tkazish
uchun moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi
umumiy ma’lumotlar;
-
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari
buzilgan qonun hujjatlari ko’rsatilgan holda.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir
hujjatga davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qilgan
hujjatlarning ko’chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni
bajarish to’g’risidagi
bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan
ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o’tkazish jarayonida davlat
moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so’roviga ko’ra
olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo’shib qo’yilishi lozim.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonun hujjatlari bilan,
hujjatlar bilan yoki moliyaviy nazorat ob’ekti faoliyatining davlat moliyaviy
nazorati
jarayonida
amalga
oshirilgan
tartib-taomillar
natijalari
bilan
tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov
materiallaridan ma’lumotlarni va moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxslari
tergov organlariga bergan ko’rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho
berilmasligi,
shuningdek
ularning
qilmishlari,
niyatlari
va
maqsadlari
tavsiflanmasligi lozim.
Byudjet kodeksi 184-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan
ma’lumotlar ma’lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy
nazoratini o’tkazgan
mansabdor shaxslar, shuningdek moliyaviy nazorat
ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor va mas’ul shaxslari davlat
moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo’lmagan taqdirda, hujjatni o’z e’tirozlari
bilan imzolaydi hamda o’n kunlik muddat ichida e’tirozlarini davlat moliyaviy
nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan e’tirozlar o’n kunlik muddatda yozma
shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir
hujjat moliyaviy nazorat ob’ekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda
davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko’riladi.
Moliyaviy nazorat ob’ekti sudga murojaat etgan taqdirda, o’zining
sudga
murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o’n kunlik muddatda davlat moliyaviy
nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan moliyaviy nazorat ob’ektining
murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli
bandlarga tegishli qismi bo’yicha amalga oshirilishini to’xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to’liqligi davlat moliyaviy nazorat
organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari:
-
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi
va davomiyligini bilishga;
-
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan
mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy
nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi
bir martalik guvohnomani,
shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan
shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo’ymaslikka;
-
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari:
-
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy
nazoratini o’tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
-
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy
talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor
shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
-
davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat
organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi
hamda ularning ishonchliligi,
xolisligi va to’liqligi uchun shaxsan javobgar bo’lishi;
-
byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda foydalanilgan
mablag’larning o’rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi
shart.
Moliyaviy nazorat ob’ektining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi va ularning zimmasida boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratini:
-
moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining
(xotinining) qarindoshi bo’lgan;
-
moliyaviy nazorat ob’ektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo’lgan;
-
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda moliyaviy nazorat ob’ektida ishlagan
davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o’tkazish
taqiqlanadi.
Byudjet kodeksi 186-moddasining birinchi qismida ko’rsatilgan holatlar
yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat
organlarining mansabdor
shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini
yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: