4-mavzu: Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar
hisobining nazorati
1. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar hisobi nazoratining maqsadi,
vazifalari va manbalari
Asosiy vositalar xo’jalik subektlari moddiy-texnik
bazasining asosini
tashkil qiladi va iqtisodiy samaradorlikning yuqori suratlarini taminlashda
muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar muqarrar xukum
surayotgan va kelib chiqishi mumkin bo’lgan hozirgi iqtisodiy sharoitda
iqtisodiyotni diversivikatsiyalash va asosiy vositalarni
modernizatsiya qilish
usitivor vazifalardan biri bo’lib turibdi. Bu vazifalarni bajarilishini asosiy
vositalar ob’ektlarini sifatli nazorat tizimini tashkil qilish va tekshirishlarni
oqilona amalga oshirish taminlab beradi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar nazoratining bosh maqsadi - ularning
saqlanish holati va samarali ishlatilishi,
belgilangan tartibda, o’z vaqtida kirim
va chiqim qilinishi, to’g’ri baholanishi va buxgalteriya hisobida aniq aks
ettirilishini aniqlashdan iboratdir. Tekshirish jarayonida
budjet tashkilotlarini
asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ortiqcha yoki foydalanilmyotgan
ob’ektlarning mavjudligi o’rganiladi va hisobdagi asosiy vositalardan samarali
foydalanish choralari belgilanadi.
Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy ketma-
ketlikda amalga oshirish zarurdir. Buning uchun birinchi navbatda tashkilotning
boshqarma, bo’lim, uchastka va boshqa tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi
bo’g’inlarda asosiy vositalarning saqlanish holati aniqlanadi.
Ikkinchidan, asosiy vositalarning qonuniy qabul
qilinishi va kirimining
o’z vaqtida amalga oshirilganligi tekshiriladi.
Uchinchidan,
asosiy
vositalar
harakatini
xujjatlarda
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilganligi
tekshirishdan o’tkaziladi.
To’rtinchidan, belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va
qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registralarida qayd
etib borilishi tekshiriladi.
Beshinchidan, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining yuritilishi
tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar qatorida
tashkilot tomonidan
ularda ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni
sotish jarayonida foydalanish maqsadida
uzoq muddat mobaynida tutib
turiladigan,
moddiy-ashyoviy
mazmunga
ega bo’lmagan
mol-mulk
ob’ektlaridan foydalaniladi. Bunday ob’ektlar nomoddiy akvtivllar deb
nomlanib buxgalteriya hisobida alohida hisobvaraqda hisobga olinadi.
Tekshiruvdan o’tkazish jarayonida bunday akvtivlarni hisobga olinishi alohida
e’tibor qaratilgan holda amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarni nazoratdan o’tkazishning umumiy maqsadi –
nomoddiy aktivlarning saqlanishi va tarkibini to’g’ri belgilanishini aniqlashdan
iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish
zarur bo’ladi:
•
ob’ektlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga olinishini
belgilangan talablar
darajasida amalga oshirilganligini aniqlash (O’zbekiston Respublikasida nomoddiy
aktivlar hisobini yuritish 7-sonli BHMS bilan tartibga solinadi);
•
tashkilotda aktiv va unga bo’lgan mutloq huquqning mavjudligini
tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan xujjatlar (patentlar, guvohnomalar,
boshqa muxofaza qiluvchi xujjatlar, tovar belgilari va boshqalar)ning mavjudligini
aniqlash;
•
nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobidagi harakatini xaqqoniyligini
aniqlash;
•
aktivni kelgusida tashkilotning iqtisodiy foydasini ko’paytirishga qodirligi,
shuningdek, korxonani aktivdan ushbu maqsadda foydalanish niyati mavjudiligini
aniqlash;
•
tashkilot kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy
foydani topaolishi uchun
etarlicha resurslar mavjudligini yoki ularning hammabopligini isbotlash
mumkinligini aniqlash va tekshiruvdan o’tkazish.
Asosiy vositalarni nazoratdan o’tkazish manbalarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Dostları ilə paylaş: