Budjet nazorati


-rasm. Tovar-moddiy zahiralar kirimi va chiqimini nazoratdan



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1-rasm. Tovar-moddiy zahiralar kirimi va chiqimini nazoratdan 
o’tkazishda foydalaniladigan xujjatlar 
 
2. Tovar moddiy zahiralar analitik va sintetik hisobining nazorati 
Buxgalteriya hisobida tovar moddiy zahiralariihisobi turi, assortimenti, 
nomenkulaturasi va saqlanish joyi hamda moddiy javobgar shaxsga biriktirilishi
bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisob buxgalteriyada hamda tovar moddiy 
zahiralariini soqlanish ob’ektida moddiy javobgar shaxs tomonidan kartochkalar
Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimiga oid 
boshlang’ich xujjatlar (yuk 
xati, dalolatnomalar, talabnomalar va boshqalar), qaydnomalar 
296-shakldagi 
material 
qiymatliklarning 
miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da 
hamda M-44-
son o’akldagi material zahiralar 
bo’yicha aylanma qaydnoma 
Tegishli memorial orderlar 
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi 
Hisobot shakllari 


yoki ombor kitoblari orqali yuritiladi va bu har tomonlama asoslangan nazorat 
o’tkazishni ta’minlaydi.
Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarini me’yorlarga asosan 
sarflash ularning samarali ishlatilishini to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi 
tovar moddiy zahiralarinni analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni 
sintetik hisobga mosligini aniqlab olishi zarur.
Tovar moddiy zahiralari moddiy javobgar shaxslarga biriktirilishi va 
buxgalteriya hisobida bu ob’ektlar bo’yicha kartochkalarni ochilishi hamda 
ro’yhatga olinishi belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, ombor mudirlari bilan 
moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
Tovar moddiy zahiralarini hisobini tekshiruvdan o’tkazish davomida 
ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va sarflanishi alohida o’rganishni 
talab qiladi. 
Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarining sintetik hisobi schyotlar 
rejasining nomoliyaviy aktivlar nomli bo’limida keltirilgan “Tovar moddiy 
zahiralarii”ni hisobga oluvchi schyotlar orqali tartibga solinadi. Tekshiri 
jarayonida avvalambor buxgalteriya hisobi schyotlarining etarli darajada 
ochilganligi aniqlanadi. Buning uchun tekshiruvchining asosiy vazifasi qaysi 
manbalar keltirilganligi va tashkilot balansidan hisobdan chiqarilishi aniqlanishi 
va tekshiruvdan o’tkazilishi zarur.
Tekshirish jarayonida 06-“Tovar moddiy zahiralari” nomli schyotning 
subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu schyotning 
sal’dosi 296-son shakldagi material qiymatliklarni miqdor-qiymat hisobi daftari 
ma’lumotlari bilan taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va 
moliyaviy hisobot shakllarining tovar moddiy zahiralarini hisobga oluvchi 
moddalari bilan mos kelishi kerak.
Tovar moddiy zahiralari realizatsiya orqali hisobdan chiqarilganda 
moliyaviy natija aniqlanishi zarur. Bunda, budjet tashkilotlarida 201- “Asosiy 
vositalar va boshqa aktivlar realizatsiyasi” nomli taqqoslovchi schyotdan 
foydalaniladi. Moliyaviy natija ijobiy bo’lgan taqdirda 201-schyot 272-“Boshqa 
budjetdan tashqari daromadlar” nomli schyotning kreditiga yopiladi. Agar 
moliyaviy natija salbiy bo’lsa, u holda farq tovar moddiy zahiralarini kirim 
qilish manbalari xaqiqiy xarajatlarida aks ettiriladi. Agarda salbiy farq vujudga 
kelganda, uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash zarur. Bundan tashqari 
xarajatlarni to’g’ri aks ettirilganligi quyidagi buxgalteriya schyotlari orqali 
aniqlanadi: 231-Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar, 241-
To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar, 251-Ta’lim muassasalarida o’qitishning 
to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan 
xaqiqiy xarajatlar va boshqalar.
Tovar moddiy zahiralari kirim qilish bilan bog’liq barcha xarajatlar 091-
“Tovar moddiy zahiralariga boshqa xarajatlar” nomli schyotda aks ettiriladi. Bu 
schyotning aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk 
xatlari, brokerlik tashkilotlari bilan shartnomalar, birja xizmatlari va transport 
tayyorlov xarajatlarining xaqqoniyligi aniqlanadi. Tovar moddiy zahiralarini 


hisobdan chiqarish 06- “Tovar moddiy zahiralari” schyotining kreditida aks 
ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar, baholarning 
asoslanganligi tekshiruvdan o’tkaziladi.
Tovar moddiy zahiralariini sintetik hisobini to’g’ri yuritilishini auditdan 
o’tkazish tekshirishning asosiy usuli hisoblanib u orqali to’g’ridan-to’g’ri 
o’g’irlik va o’zlashtirishlarni aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 091-
schyotning debetiga yozuvlarni amalga oshirish uchun asos bo’lagan yuk xatlari, 
bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini to’g’riligi 
tekshiriladi. 091-schyotning debeti 15,16,17-schyotlarining krediti bilan 
korrespodentsiyalanadi. Sotib olingan tovar moddiy zahira xaqiqiy qiymati 
bo’yicha kirim qilingada 06-schyotining tegishli subschyotlari debetlanadi va 
091 schyot kreditlanadi. Xuddi shu pravodkalar orqali beg’araz yoki xadya 
orqali tovar moddiy zahiralarining kirimi ham tekshiriladi. 
Budjet tashkilotlarining xususiyatlari bozor qitisodiyoti sharoitida o’zgarib 
bormoqda. Bu tashkilotning o’zida tayyorlanishi mumkin bo’lgan tovar moddiy 
qimmatliklarini ishlab chiqarish bilan bog’liq. Bunday ishlab chiqarishni 
tekshirish uchun mahsulot tannarxini kalkulyatsiyasini to’g’ri tashkil 
qilinganligini aniqlashdan boshlanadi. 
O’zi tomonidan tayyorlangan tovar moddiy qimmatliklar tannarxi 090-
“Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar” nomli schyotda hisobga olinadi. Tovar 
moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish xarajatlari 090 schyotining debetida, 
xarajatlarning hisobdan chiqarilishi ushbu schyotning kreditida aks ettiriladi. 
Tashkilotning o’zida tayyorlangan tovar moddiy zahiralariini xaqiqiy ishlab 
chiqarish summasini xaqqoniyligini aniqlash buxgalteriya hisob-kitoblari
dalolatnomalar, yuk xatlari va talabnomlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. 
Bu xujjatlar asosida 090 schyotning debeti va 02, 06, 15, 16, 17 schyotlarning 
krediti bo’yicha pravodkalar tekshiruvdan o’tkaziladi. 
Bunday maxsuloning kirimi 05, 06 schyotlarning debeti bo’yicha aks 
ettiriladi va 090 schyot kreditlanadi. Bu pravodkaga asos bo’lgan qaydnomalar 
va buxgalteriya ma’lumotnomalari alohida tekshiruvdan o’tkaziladi. 
Tovar moddiy zahiralariini sarflanishini tekshirganda ularni qaysi bahoda 
hisobdan chiqarilishi aniqlanishi kerak. Ma’lumki, tovar moddiy zahiralarii sotib 
olingan bahoda (etkazib berish va boshqa qo’shimcha xarajatlarni ham hisobga 
olgan holda) yoki ular har xil narxlarda sotib olingan bo’lsa, o’rtacha bahoda 
hisobdan chiqarilishi kerak. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan 
tartibda tasdiqlangan me’yorlar doirasida tashkilot raxbari (yoki uning 
o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi tegishli xujjatlarga muvofiq 
hisobdan chiqarilishi lozim.
Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos holda tayyor mahsulot, ish va 
xizmatlarni sotish imkoniyatiga ham ega. Tovar moddiy boyliklarni, ya’ni 
material qiymatlarni sotishdan olingan mablag’ budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalarida ochilgan 
shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Tekshirish jarayonida bunday 
mablag’larning taqsimlanishi alohida o’rganiladi. Ma’lumki, budjet tashkilotlari 
tomonidan sotishdan olingan mablag’lar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 



50 foizi tegishli budjet daromadiga; 

50 foizi budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha 
g’aznachilik bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. 
Tekshiruvchi tovar moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet 
tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag’larni qaysi maqsadlarga 
sarflanayotganligini tekshiruvdan o’tkazishi zarur. Asosan bunday mablag’lar 
faoliyat 
sohasiga 
muvofiq 
moddiy 
texnik 
bazani 
mustaxkamlashga 
yo’naltirilishi kerak. 
Tovar moddiy zahiralar asosan tashkilotning o’z extiyojlari uchun 
sarflanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Tekshiruv jarayonida tovar 
moddiy zahiralarining sarflanishini alohida o’rganish zarur. Bunda, materiallarni 
qaysi muddatlarda berilishiga e’tibor qaratish zarur. Bir necha turdagi 
materiallarni sarflash uchun har bir qabul qiluvchi nomiga me’yoriy zabor 
kartasi ochiladi. Bu karta ikki nusxada yoziladi, bittasi qabul qilib oluvchining 
tilxati bilan omborxonada, ikkinchisi, qabul qilib oluvchida saqlanadi. Me’yorda 
belgilangandan ortiqcha materiallar 434-son shakldagi yuk xati bo’yicha amalga 
oshiriladi. Albatta, bunday me’yorlardan chetlashish sabablari aniqlanishi kerak. 
Shuni alohida qayd etish kerakki yonilg’ilarni omborxonadan talabnoma yoki 
zabor kartasi bo’yicha berish mumkin bo’lmagan hollarda sarflangan yonilg’ilar 
qoldig’ini o’lchash dalolatnomalari bo’yicha hisobdan o’chirilishi kerak. 
Tovar moddiy zahiralar sarflanishi va yaroqsiz holatga kelishi ularni kirim 
qilish manbalari bo’yicha xaqiqiy xarajatlarda aks ettirish orqali hisobdan 
chiqariladi. 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 06 Tovar moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin