Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
 
1-chizma. Kassa muomalalari hisobini tekshirish manbalarining sxematik 
ko’rinishi. 
Kassa kirim 
order KO-1-son 
shakl 
Kassa chiqim order 
KO-2-son shakl 
Kassa kirim va chiqim xujjatlarini 
ro’yhatga olish jurnali KO-3-son shakl 
Kassa daftari KO-4-son shakl 
Kassa hisoboti 
381-son shakldagi jamlanma 
qaydnoma 
(1-son memorial order) 
Bosh jurnal kitobi 
308-son shakl 
Hisobot shakllari 


2.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi mablag’lar bo’yicha muomalalarni tekshirish 
manbalari: 
2-chizma. 
Shaxsiy 
hisobvaraqlardagi 
mablag’lar 
bo’yicha 
muomalalarni tekshirish manbalrining sxematik ko’rinishi 
 
2. Kassa va kassa muomalalari hisobi nazoratini tashkil etish va o’tkazish 
tartibi 
Kassa va kassa muomalalari nazorati tushunchalarini bir-biridan farqlash 
lozim. Bunda kassa nazorati tushunchasi – kassadagi naqd pul va unga 
tenglashtirilgan mablag’lar qoldig’ini inventarizatsiyadan o’tkazish va hisob 
ma’lumotlari bilan solishtirish tushiniladi. Inventarizatsiya 19-son BHMS 
“Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli standart asosida amalga 
oshiriladi. 
Kassa muomalalarining nazorati – bunda, avvalgi o’tkazilgan tashqi yoki 
mustaqil kassa inventarizatsiyasidan boshlab hozirgi o’tkazilgan mustaqil kassa 
inventarizatsiyasigacha bo’lgan davrdagi barcha kassa muomalalarini tekshirish 
tushuniladi.
Kassa inventarizatsiya qilinayotganda kassada xaqiqatda bo’lgan pul 
mablag’lari va boshqa boyliklar tekshiriladi. Xaqiqatda bor bo’lgan pul
mablag’lari hisoblanganda kassada pul belgilari, pochta markalari va davlat boji
markalari hisobga olinadi. 
Kassadagi qoldiqqa xech qanday xujjatlar va tilxatlar kiritilmaydi. 
Kassirning kassada budjet tashkilotiga taalluqli bo’lmagan pul mablag’lari va 
boshqa boyliklar borligi to’g’risidagi arizasi qabul qilinmaydi. 
Inventarizatsiya dalolatnomasida mavjud pul mablag’lari boyliklarning
qoldig’i naturada va hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya
kuniga ko’rsatiladi xamda inventarizatsiya natijasi aniqlanadi. Shunga 
alohida 
etibor 
qaratish 
kerakki, 
kassadagi 
valyuta 
mablag’lari 
Tegishli xujjatlar ilova qilingan 
to’lov topshiriqnoma 
Mablag’lar bo’yicha shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirmalar 
Tegishli memorial orderlar 

mablag’lar haraktiga oid 
jamlanma qaydnoma 381-son 
shakl 
308-son shakl bosh jurnal kitobi 
Hisobot shakllari 


inventarizatsiyadan o’tkazilganda bloklangan pul kupyuralari ochib tekshirish 
qurilmasi yordamida sanoqdan o’tkazilishi zarur. 
Qat’iy hisobda turuvchi blankalarning xaqiqatda borligi 
blankalarning turi u yoki bu turlarining boshlanish va oxirgi raqamlarini 
hisobga olib tekshirilishi amalga oshiriladi. Mazkur tekshirishning 
natijalari maxsus ro’yxatlar bilan rasmiylashtiriladi. 
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshirayotganda tekshiruvchi 
bu muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibga qanday amal 
qilinayotganini, kassa intizomini, naqd pul bilan amalga oshirilgan muomalalar 
qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. Bu “Yuridik shaxslar 
tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” asosida aniqlanadi. 
Naqd pullarni olish va berishda amalga oshirilgan muomalalar bilan bog’liq 
bo’lgan hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, barcha kirim va 
chiqim kassa orderlari, to’lov qaydnomalari va boshqa xujjatlar aniq, 
o’chirilmasdan va to’g’rilanmasdan to’ldirilganligi, barcha orderlar va ularning 
ilovalari muomala sodir etilgan sana va kassirning imzosi qayd etilgan holda, 
"olingan" yoki "to’langan" degan tamg’alar bilan tasdiqlanganligiga ishonch 
hosil qilish lozim. Chiqim orderlarida (qaydnomalarida) "to’langan" degan 
tamg’a bosilmaganligi ayrim holatlarda ulardan qayta foydalanishga olib keladi 
(kassa daftari bo’yicha xarajatga o’tkaziladi). 
Kassa muomilalarining nazoratida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish 
lozim: 

to’lov qaydnomalarida - pul oluvchining imzosi haqiqiy ekanligi. 
Qaydnomalarda bitta pul oluvchi shaxs bir nechta shaxs uchun imzo chekkanligi 
holatlarining mavjudligi; 

kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish daftarida (KO-3 shakli) - sana, 
tartib raqami va summa kirim va chiqim kassa orderlari va kassa daftaridagi
shunga o’xshash ko’rsatkichlarga muvofiqligi; 

chiqim kassa orderlarida - olingan summalar hisobi to’g’riligi (yozma
ravishda) va pul oluvchining imzosi, shuningdek, korxona xodimlar 
jadvalida bo’lmagan oluvchilar pasport ko’rsatkichlari yozib qo’yilganligi; 

barcha xujjatlarda - pul mablag’lari uchun mas’ul rahbarlarning imzolari 
mavjudligi. Barcha chiqim kassa hujjatlariga rahbar shaxsan imzo chekkanligiga 
e’tiborni qaratish lozim. Rahbar vaqtincha korxonada bo’lmasa (mehnat ta’tili, 
xizmat safari, betoblik) va buyruq bilan o’z vazifalarini boshqa, 
uni o’rnini vaqtincha egallab turgan shaxsga topshirgan holatlari istisno
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq rahbarlar 
(birinchi shaxslar) o’rniga imzo qo’yish tartibini buzish, bunday hujjatlar huqukiy 
kuchga ega emasligiga olib keladi; 

kassa daftarida - rasmiylashtirilishi va yuritilishi, unga kiritilgan tuzatishlar 
hakiqiyligi. Yakuniy aylanmalar va kun yakuni bo’yicha naqd pul qoldiqlarining 
qayd etilishi to’g’ri hisoblanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. 


Bankdan cheklar bilan olingan naqd pullar to’liq kirim qilinganligi 
tekshirilganda chek daftarchasining barcha ko’rsatkichlari (koreshogi) mavjud 
ekanligini tekshirish lozim. 
Budjet tashkilotida bir nechta kassir bo’lsa, har bir kassir uchun 
yuritiladigan kirim qilingan va berilgan pullar hisobi bo’yicha daftar (KO-5 
shakli) to’g’ri yuritilayotganini tekshirish kerak. Kassa intizomiga rioya 
qilinishini tekshirayotganda quyidagilarni aniqlash lozim: 
-
bankdan olingan naqd pullar mavqsadga muvofik ishtilganligi; 
-
kassada mavjud bo’lgan pul qoldiqlari bank tomonidan belgilangan 
limitga muvofiqligi; 
-
ish haqi, mukofotlar, nafaqa to’lash uchun ishlatilmagan naqd pullar va 
boshqa tushumlar bo’yicha summalar o’z vaqtida va to’liq bankka topshirilganligi
-
naqd pullar bilan hisob-kitob qilish bo’yicha belgilangan qoidalarga 
rioya qilinishi. 
O’z vaqtida olinmagan ish haqi va boshqa hisoblangan pullar bo’yicha 
deponentlangan summalar to’lanishiga alohida e’tibor berish kerak.
Tekshiruvchi kassa muomalalariga oid ichki nazorat holati to’g’risida iloji 
boricha to’liq ma’lumot olishi, tashkilotda kassa intizomiga qanday rioya 
qilinayotganligini aniqlashi zarur. 
Budjet tashkilotlarida kassa mumomalalarini tekshirish yoppasiga amalga 
oshiriladi, avvalam bor kassa hisoboti bo’yicha naqd pul koldiqlari bosh kitob
va balans ko’rsatkichlariga muvofiqligini tekshirib olinadi. So’ng boshqa 
muomilalar tekshiriladi. Buning uchun auditor maxsus ish jadvalidan 
foydalanishi mumkin (1-jadval). 
Ko’plab bo’limlarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish xaqi, stipendiyalar
pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni 
to’lashga kassirdan boshqa shaxslarga tashkilot raxbarining yozma buyrug’i bilan 
ruxsat berilishi mumkinligini inobatga olib mazkur shaxslar bilan moddiy 
javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilganligini tekshirish kerak. Bundan tashqari, 
to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish 
daftarlarini yuritilishi nazoratga olinishi zarur.
Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish 
xaqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan 
rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul 
olish uchun cheklar anashu shaxslar nomiga yoziladi. Tekshirish jarayonida 
bunday hisobdor shaxslar bilan olib borilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida 
yuritilishini belgilangan me’yoriy xujjatlar doirasida amalga oshirilganligi alohida 
tekshirilishi zarur. 
Budjet tashkilotlarida kassa muomalalarini tekshiruvdan o’tkazish jarayonida 
inventarizatsiya natijasida aniqlangan natijalarni, ya’ni kamomad yoki ortiqcha 
aniqlangan pul mablag’larni buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishiga alohida 
e’tibor qaratilishi kerak. 


Inventarizatsiya natijasida kassada kamomad aniqlansa quyidagicha 
buxgalteriya pravodkasi amalga oshiriladi. 
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan pul mablag’lari summasiga 
(agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa).
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan summaga (agarda moddiy 
javobgar shaxsdan undirilsa) 
a)
Kassada aniqlangan kamomadni moddiy javobgar shaxs zimmasiga yuklash 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining tashkilot kassasiga 
to’lanishi 
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
b)
Kamomad summasining moddiy javobgar shaxs oylik maoshidan ushlab 
qolinishi 
Dt 173 Xodimlar bilan Mehnatga xaq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
c)
Kamomad summasining shaxsiy hisobraqamga kirim qilinishi
Dt Shaxsiy hisobraqamlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin