Tekshiruv jarayonida budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlarni
hisoblanishi va to’lanishini amalga oshirilishi 294-son shakl “Kassa va xaqiqiy
xarajtlar” nomli daftarda hisobini yuritilishiga e’tibor qaratiladi. Ushbu daftarda
hisobga olingan kassa va xaqiqiy xarajatlar moddalari bo’yicha ko’rsatkichlar
buxgalteriya schyotlari ko’rsatkichlari
bilan taqqoslanadi, ya’ni sintetik va
analitik hisobning mosligi aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbalar bo’yicha hisobvaraqlardagi
budjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Tekshiruv jarayonida har bir
manba bo’yicha alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar tekshiruvdan o’tkaziladi.
Tekshirish jarayonida budjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’linmalari
tomonidan budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha shaxsiy hisobvaraqda muomala
amalga oshirilganligini tasdiqlovchi ko’chirmalar solishtirish yo’li bilan olib
boriladi. Bunda, avvalgi ko’chirmaning oxiridagi qoldiq keyingi ko’chirmadagi
boshlang’ich qoldiqqa mos kelishi kerak. Bu ko’chirmalar asosida
uchini memorial
orderda budjetdan tashqari mablag’larning harakatiga doir jamlanma qaydnoma
381-sonli shakl rasmiylashtiriladi va bu yozuvlar 308-son shakldagi bosh jurnal
kitobiga
tushiriladi.
Bosh
jurnal
kitobdan
tegishli
hisobot
shakllari
rasmiylashtiriladi. Aynan shu,
birlachi xujjatlar, registrlar va hisobot shakllari
ko’rsatkichlarini solishtirish yo’li bilan tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunda, 112
“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari” subschyotini
aylanishlari taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: