Budjet nazorati


-chizma. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1-chizma. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 
nazorati manbalarining sxematik ko’rinishi
2
 
 
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar nazoratining asosiy 
vazifasi hisob-kitob holati to’g’risidagi ma’lumotlar haqiqiy va qonuniyligi, 
moliyaviy intizomga rioya qilinishi, tashkilotni smetalari doirasida to’lov 
qobiliyatiga ta’sirini tekshirish, qarzlarni haqiqiyligini aniqlashdan iborat. 
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi 
bo’lib mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berishga oid shartnomalar, hisob-
kitoblar bo’yicha o’zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash 
dalolatnomalari, to’lov hujjatlarining nusxalari, sotib olish daftarlari bo’yicha 
2
Mualliflar tomonidan tuzilgan. 
Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar 
bo’yicha boshlang’ich 
buxgalteriya xujjatlari (yuk xati, bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish 
dalolatnomalari, buxgalteriya 
ma’lumotnomalari, to’lov topshiriqnomalari 
va boshqalar) 
327-
son shakldagi ta’lim 
muassasalari-da bolalarni 
saqla-ganligi uchun ular-ning 
ota-onalari bilan olib borila-
digan hisob-kitoblar 
qaydnomasi 
285-son 
shakldagi 
aylanma 
qaydnoma 
292-son 
shakldagi joriy 
hisoblar va 
hisob-kitoblar 
daftari 
15-memorial order-
ta’lim 
muassasalarida bolalarni 
saqlaganlik uchun ota-onalar 
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo’yicha jamlanma 
qaydnoma 406-son shakl 
6-memorial order-turli 
tashkilotlar va muassasalar 
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo’yicha jamlanma 
qaydnoma 408-son shakl 
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi 
Hisobot shakllari 


hisob registrlari (ro’yxatlar, memorial-orderlar), bosh kitob, buxgalteriya hisoboti 
va boshqalar. 
Nazoratchining ixtiyoriga qarab mazkur tekshiruvlar yozma va og’zaki 
testlarni o’tkazish, ichki nazorat tizimini kuzatish va boshqa usullar yordamida 
amalga oshiriladi. 
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni 
tekshirishda tekshiruvchi, avvalambor, tovar-moddiy zaxiralar (tovar moddiy 
zahiralari) sotib olinishi uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va 
to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Masalan, mol etkazib berish, ishlarni 
bajarish, xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan shartnomalar 
O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy xujjatlariga muvofiq amalga 
oshirilganligi 
tekshiriladi. 
So’ngra 
mol 
etkazib 
beruvchilar 
o’z 
majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarganliklari, mol etkazib 
beruvchilarga yoki ular tashkilot oldida qarzi vujudga kelgan sanasi 
tekshiriladi. Tashkilotlar tomonidan O’zbyokiston Respublikasi me’yoriy 
huquqiy xujjatlar talablariga to’liq xajmda va belgilangan muddatlariga atayin 
rioya etmagan holda amalga oshirgan kelishuvlar haqiqiy emas deb 
hisoblanadi. 
Bundan keyin nazoratchi va uning yordamchilari 6-sonli memorial-order, 
150-sonli "Turli debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyoti va 
birlamchi yig’ma hisob hujjatlari ko’rsatkichlari bo’yicha bevosita har bir mol 
etkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob -kitob 
muomalalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan muomala sanasi va tavsifi, 
olingan tovar moddiy zahiralari bo’yicha narx-navolar to’g’ri qo’llanilganligi 
va ular to’liq kirim qilinganligi, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraq-
fakturalari asosli ravishda ko’rsatilganligi aniqlanadi. 
Agar tovar moddiy zahiralari qabul qilingan bo’lib, lekin ularga tegishli 
hujjatlar bo’lmasa (fakturasiz mol etkazib berish), mol etkazib beruvchilardan 
hisobvaraq-fakturalar talab qilinganligi aniqlanadi. Tekshiruvchi mavjud 
bo’lgan talab xatlarini o’rganib chiqishi lozim.



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin