Boshqa budjetdan tashqari mablag’larning nazorati. Boshqa budjetdan
tashqari mablag’lar qatoriga tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy
qiymatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jamg’armalar va peniyalardan
hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo’yicha mablag’lar kiradi.
Bunda, eskirgan va keraksiz moddiy qiymatliklarni aniqlashga qay tarzda
yondashilganligi aniqlanadi. Maxsus tashkil qilingan komissiyalarning ish sifati,
tuzilgan dalolatnomalarning asoslanganligi, maxsus tashkilotlarning xulosalarining
mavjudligi alohida o’rganiladi. Bunday mablag’larning harakati 113 “Boshqa
budjetdan tashqari mablag’lar” subschyotining aylanmalarini tekshirish orqali
amalga oshiriladi.
Moliya organlari, budjet tashkilotlari rahbarlari budjet intizomiga rioya
qilinishi uchun mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan
tartibda shaxsan javob beradilar. Bunda budjet tashkilotlarining qo’shimcha
daromadlar olish bo’yicha faoliyati budjet mablag’lari hisobiga bajarilayotgan
ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar etkazmasligi kerak.
Takrorlash va munozara uchun savollar. 1.
Moliyaviy aktivlar nazoratining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
2.
Moliyaviy aktivlar nazoratining zarurligini izohlang.
3.
Moliyaviy aktivlar nazoratining manbalarini aytib bering.
4.
Moliyaviy aktivlar hisobini tekshirish usullarini tushuntirib bering.
5.
Kassa va kassa muomalalari nazoratini tashkil etish va o’tkazish tartibini izohlang.
6.
Kassa va kassa muomalalari nazoratini tashkil etish va o’tkazishningo’ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
7.
Moliyaviy aktivlarning analitik va sintetik hisobini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
8.
Shaxsiy hisob varaqlar bo’yicha muomalalar nazoratini o’tkazish ketma-ketligini
tushuntirib bering.
9.
Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar hisobining nazorati qanday amalga
oshiriladi?