4. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag’lar hisobining nazorati Budjet tashkilotlarida ayrim tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan
tashqari mablag’lardan foydalaniladi, ya’ni bular davlat budjeti mablag’lari
emas, balki boshqa manbalar hisbidan tashkil etiladigan mablag’lardir.
Budjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
1999yil
3
sentyabrdagi
414-sonli
“Budjet
tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshiruv jarayonida bunday mablag’larning shakllantirilishi manbalari
o’rganiladi. Bu manbaalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1.
to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar;
2.
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumalar;
3.
budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari (tibbiyot
muassasalarini rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasi mablag’lari);
4.
boshqa budjetdan tashqari mablag’lar.
To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’larning nazorati. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan
tushgan mablag’lar tarkibiga ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari
tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek, ovqatlanganligi uchun xodimlardan
tushgan mablag’alar kiradi. Tekshirish jarayonida bunday mablag’lar aks ettirilgan
110- “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” schyotning kretid
tomonida mablag’larni hisobdan chiqarish yuzasidan aks ettirilgan summalarini
asoslanganligi o’rganiladi.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va tushgan mablag’larning nazorati. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi 111- “Ta’lim muassasalarida
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotini tekshiri
orqali amalga oshiriladi. Bundan, mablag’larning sarflanishi belgilangan nizomga
ko’ra amalga oshirilganligi aniqlanadi.