Budjet nazorati


-Mavzu: Budjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

7-Mavzu: Budjet tashkilotlarida debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar 
hisobining nazorati 
 
1. Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi nazoratining maqsadi, 
vazifalar va manbalari 
Budjet tashkilotlari o’z faoliyati davomida boshqa korxona va tashkilotlar, 
ya’ni: mol etkazib beruvchilar va pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli 
debitorlar va kreditorlar, soliklar bo’yicha budjet, budjetdan tashqari jamg’armalar, 
hodimlar, stipendiya oluvchilar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun 
ularning ota-onalari, shuningdek, boshqa debetor va kreditorlar bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiradi. Budjet tashkilotlari hisob-kitoblarni naqd pulsiz hisob-
kitob tartibi bilan bir qatorda, naqd pul aylanishi yo’li bilan, agar markazlashgan 
tizim ichidagi hisob-kitoblar mavjud bo’lsa - o’zaro hisob-kitoblar tariqasida 
amalga oshiradilar. Hisob-kitoblar holati yuzasidan oqilona nazoratni tashkil etish 
hisob-kitob va shartnomaviy intizomni mustaxqkamlashga, debitorlik va 
kreditorlik qarzlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi, aylanma mablag’larning 
to’g’ri aylanishni ta’minlaydi va shu orqali tashkilot moliyaviy holatini yaxshilash 
imkoniyatini yaratadi. 
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazoratining maqsadi - hisob-
kitobni to’g’ri yuritilishini baholash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qonuniy 
vujudga kelganligi, ularning qoplanishini haqqoniyligi va ishonchliligini 
aniqlashdan iborat. 
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazoratining asosiy manbasi 
bo’lib quyidagi birlamchi hujjatlar (yuk xati, bajrilgan ishlarni qabul qilish 
topshirish 
dalolatnomalari, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomalari, 
to’lov-
topshiriqnomasi va boshqalar), buxgalteriya hisobi registrlari (6-memorial order 
408-son shakl, turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo’yicha aylmanma qaydnoma 285-shakl, 292-son shakldagi joriy 
hisoblar va hisob-kitoblar daftari, 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi) hamda 
hisobot shakllari hisoblanadi. Ushbu xujjatlar aylanishini tekshirish uchun 
quyidagi sxemadan foydalanish mumkin. (1-chizma). 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin