shart. Ish xaqidan ushlanmalarni tekshirish
rejasini tuzishda quyidagi
sinflashtiruvchi jadvalini tuzish maqsadga muvofiq (1-jadval).
1-jadval
Ish xaqidan ushlanmalarni sinflashtirish va tekshirish xususiyatlari
Ushlanmaning
turi
Ushlamalar tarkibi
Tekshirish xususiyatlari
Majburiy
-
ijtimoiy
sug’urtaga
ushlanma;
-
majburiy
tibbiy
sug’urta;
-
jismoniy shaxslarning
daromad solig’i;
-
ijro
varaqalari
bo’yicha ushlanmalar;
-
sud qarorlari bo’yicha
ushlanmalar.
Ushbu ushlanmalarni
tekshirishdan o’tkazishda
ish xaqini to’g’ri
hisoblanganligi,
belgilangan muddatlarda
ushlanmalarni to’lanishi
o’rganiladi. Ushbu
to’lanmalarni ushlab
qolishda ishchi,
xodimlarning roziligi
talab qilinmaydi.
Ish
beruvchining
xohishi
bo’yicha
ushlanmalar
-
tashkilotga etkazilgan
moddiy zararni qoplash;
-
brak
uchun ushlab
qolish;
-
o’z
vaqtida
qaytarilmagan
hisobdor
shaxslar
qarzlarining
undirilishi;
-
ortiqcha berilgan ish
xaqini ushlab qolish.
Ushlanmalar korxona
raxbari tomonidan
berilgan buyruq yoki
ko’rsatmalar asosida
amalga oshiriladi. Bunda,
ushlab qolish sabablari
ko’rsatilishi kerak va
ushbu ushlab qolish bilan
ishchi, xodimlar xabardor
qilinadi va ulardan tilxat
olinganligi tekshirilishi
kerak.
Ishchi va
xodimlar
jamoasi
xohishiga
binoan
ushlanmalar
-
kasaba
uyushmalarga
ajratmlar;
-
ayrim jismoniy va
yuridik shaxslar hisobiga
ishchining
yozma
ko’rsatmasiga asosan ushlab
qolish.
Ishchi va xodimlarning
arizasiga binoan
ajratmalar
belgilangan
muddatlarda miqdorda
to’liq amalga oshirilishi
tekshiriladi. Bunda,
kasaba uyushmasi
mablag’larining
sarflanishi alohida mavzu
sifatida tekshiriladi.
Tekshiruv jarayonida ish xaqi bo’yicha daromad solig’i o’sib boruvchi
tartibda hisoblanishiga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi.
Tashkilotda
o’rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar yuzasidan olib borilayotgan hisob-kitob
ishlari, tuzilayotgan shartnomalarni qay darajada asoslanganligi va belgilangan
tartibda davlat soliq idoralariga ma’lumotlarni berish ishlarini yo’lga
qo’yilganligini nazoratdan o’tkazilishi zarur.
Ish xaqidan daromad solig’ini ushlab qolishda qo’llanilayotgan soliq
imtiyozlari yuzasidan barcha asos bo’luvchi xujjatlarni taqdim etilganligi va
hisob-kitobini to’g’ri aks ettirilishi tekshiruvdan o’tkazilishi lozim.
Ish xaqi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar uch qismga bo’linadi:
1.
Ish xaqi fondi;
2.
Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar;
3.
Birinchi va ikkinchi qismga taalluqli bo’lmagan xarajatlar.
Tekshirish jarayonida bu xarajatlarni to’g’ri aks ettirilishi va manbasini
aniqlashtirish zarur. Shundan so’ng yuqorida keltirlgan jadval (7.3.1-jdval)dagi
ko’rsatmalarga amal qilgan holda ushlanmalarning
amalga oshirilganligi
tekshiriladi. O’bekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan ish xaqidan
barcha ushlanmalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak. Qonunchilikda
belgilangan ayrim hollarda ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish xaqining 50
foiz miqdori ushlab qolinishi mumkin. Birinchi navbatda majburiy va ijro
xujjatlari bo’yicha ushlanmalar amalga oshiriladi. Bunday ushlanmalar uchun
buyruq rasmiylashtiriladi va xodimning roziligi talab etilmaydi.
Daromad solig’ini ushlanishini tekshirish jarayonida soliqqa tortish ob’ekti
bo’lib xodimning yil davomida olgan daromadlari va shu daromadlarni vujudga
kelishini ular hisoblangan sanadan boshlanishi kerakligi inobatga olinishi zarur.
Umumiy daromadlar tarkibiga naqd va naqdsiz holda qo’shilgan
daromadlar
kiritiladi, ya’ni jismoniy shaxs yalpi daromadi tarkibiga quyidagilar qo’shiladi:
•
tuzilgan shartnomalar pul shaklidagi daromadlar (chet el valyutasidagi
to’lovlar Markaziy Bankning shu daromadni olish sanasidagi kurs bo’yicha
aniqlanadi);
•
natura shaklidagi daromadlar, ya’ni tovarlarni bozor bahosidagi qiymati
bo’yicha hisoblanadi.
Soliq qonunchiligiga binoan barcha tashkilotlar soliq hisobi davrida har bir
shaxs bo’yicha shaxsiy daromadlar kartochkasini yuritishi kerak. Bu
kartochkalarda soliqqa tortish bazasini shakllantirish bo’yicha ma’lumotlar shu
jumladan, olingan daromadlar, imtiyozlar aks ettiriladi.
Tekshirish jarayonida
ushbu kartochkalar ma’lumotlari sintetik hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Dostları ilə paylaş: