Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarga foydalnilmagan mehnat
ta’tili, hisoblangan mukofotlar yuzasidan qayta hisob-kitoblarni xaqqoniyligi va
asoslanganligi tekshiriladi.
Xarajatlar smetasiga ish xaqi uchun mablag’lar qonunchilik bilan
belgilagan maoshlar va ish xaqi stavkalari va ularga qo’shimcha to’lovlardan,
amaldagi na’munaviy shtatlar hamda me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib
kiritiladi. Bunda, amaldagi na’munaviy shtatlar va me’yorlarga qay darajada
amal qilinganligi, ularning asoslanganligi va mehnatni tashkil qilish darajasiga
ta’siri alohida tahlil qilinadi. Shu bilan birga ishbay usulda bajariladigan ishlar
uchun ish xaqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga xarajatlar smetasida ko’zda
tutligan ish xajmlaridan kelib chiqib kiritilishiga e’tibor qartatish zarur.
Budjet tashkilotlarida mehnat ta’tili yuzasidan hisob-kitoblarni amalga
oshirish alohida tekshiriladi. Tekshiruv jarayonida o’rtacha yillik ish xaqining
to’g’ri aniqlanganligi o’rganiladi. Bunda, hisob-kitb uchun qabul qilingan ish
xaqi, mukofotlar va boshqa qo’shimcha to’lovlarni kiritilishini xaqqoniyligini
tekshirish zarur. Bir martalik to’lovlar o’rtacha ish xaqini hisoblashda inobatga
olinmaydi.
Budjet tashkilotlarida rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan mukofot va
moddiy yordamlarning tayinlanishi va to’lanishi alohida o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: