d)
karantinda;
e)
sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;
f)
mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish
uchun
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik
varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan
hollarda, nafaqa, uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Tashkilotda ushbu varqalarni hisobga olinishi
va ularda ko’rsatilgan kunlar asosida hisoblanishi nazoratga olinadi. Bunda,
xodimning ish staji to’g’ri aks ettirilganligi tekshirilishi zarur.
Tashkilotda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlanishi bo’yicha ijtimoiy
sug’urta komissiyasi tuzilishi kerak. Bu komissiya tarkibi kadraar bo’limi, kasaba
uyushmasi, buxgalteriya bo’limi xodimlaridan iborat bo’ladi. Tekshirish jarayonida
ushbu komissiyaning ish faoliyati o’rganiladi va o’tkazilgan yig’ilish
bayonnomalari tuzilganligi aniqlanadi. Komissiya mehnatda mayiblanganlarga,
kasb kasalligiga chalinganlarga
nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish,
nafaqadan (to’liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan
kelib
chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa
hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega.
Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi
tayinlaydi.
Komissiyalar bo’lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu
ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati
yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki
tibbiy-mehnat ekspertiza
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda
xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan
hollarda ham berilishi
qonunchilikda belgilangan. Uzoq vaqt kasal bo’lganlarni TMEK ko’rigiga
yuborish muddatlari mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalar berish
tartibi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (ro’yxat raqami 873, 2000 yil 19 yanvar) binoan
belgilanadi.
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha)
ta’til davriga to’g’ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida
ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to’lanadi.
Tekshirish davrida nafaqa to’lanmaydigan holatlar o’rganilishi zarur.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa
to’lanmaydi:
•
ish haqi saqlanmagan ta’til;
•
bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;
•
ish vaqtincha to’xtatilgan;
•
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib
qo’yilganligi sababli ishlamagan;
•
harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini;
•
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv
yurtlarida tahsil olish
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik
nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab
beriladi.
Bundan
tashqari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi
hollarda berilmaydi:
•
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga
ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda;
•
giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq
harakatlar oqibatida, shuningdek,
spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka
chalinganda (jarohatlanganda);
•
jinoyat sodir qilish vaqtida
jarohatlanganda;
•
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan
tashqari);
•
hibsda bo’lgan davrda;
•
sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.
Dostları ilə paylaş: