Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqalarni tekshirish. Nogiron
bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o’n
olti yoshga to’lgunga qadar davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari hisobidan bir
kunlik ish haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni
beriladi. Tekshirish jarayonida asos bo’lgan hujjatlarga e’tibor qaratiladi.
Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalarni tekshirish. Ushbu to’lovni
tekshirishda qarindoshlik darajasiga e’tibor qaratiladi. Dafn etish marosimi uchun
nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda
beriladi:
a) turmush o’rtog’i;
b) 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i
nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
v) ota-onasi;
g) bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustaqil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya,
stipendiya oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari
hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi.
Takrorlash va munozara uchun savollar. 1.
Mehnat va ish xaqi hisobi nazoratiningmaqsadi va vazifalari nimalardan
iborat?
2.
Mehnat va ish xaqi hisobi nazoratini o’tkazishning zarurligini izohlang.
3.
Mehnat va ish xaqi hisobinazoratimanbalarini aytib bering.
4.
Mehnat va ish xaqi hisobining analitik va sintetik hisobini tekshirishning
xususiyatlari.
5.
Mehnat va ish xaqi hisobini tekshirishda odatda uchraydigan hatolar
nimalardan iborat?
6.
Mehnat va ish xaqi hisobini nazorat qilish usullari qaysilar?
7.
Ish xaqidan daromad solig’i va majburiy ushlanmalar hisobini tekshirishning
xususiyatlari qaysilar?
8.
Stipendiya, pensiya va ijtimoiy to’lovlar nazoratining xususiyatlarini
tushuntiring.
9.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini tekshirishda nimlarga e’tibor
qaratish lozim?
10.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni tekshirishning xususiyatlari
nimalardan iborat?