1-jadval Tovar moddiy zahiralarii o’rnatilgan me’yorlarni aniqlash uchun belgilangan ko’rsatkichlar №
Tovar-moddiy zahiralar nomi
Belgilangan
kun
me’yorlari
1
Oziq-ovqat mahsulotlari (mavsumiy tayyorlashdan
tashqari)
15 kun
2
Mavsumda tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari
150 kun
3
Dori-darmonlar, reaktivlar, bog’lash materiallari va
dorixona anjomlari
60 kun
4
Barcha budjet tashkilotlari uchun yoqilg’i (bolalar va
dovolash tashkilotlaridan tashqari)
75 kun
5
Bolalar va davolash tashkilotlari uchun yoqilg’i
90 kun
6
Xo’jalik va kontselyariya materiallari
45 kun
7
O’quv ilmiy va boshqa maxsus maqsadlar uchun
materiallar
120 kun
8
Ozuqa va em-xashak
120 kun
9
Qurilish ta’mirlash materiallari
45 kun
Materiallar bo’yicha yil oxiridagi qoldiqni me’yorlarini aniqlash uchun
“Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida” hisobotning 060-069 subschyotlari
bo’yicha yil davomida tashkilot extiyojlari uchun sarflangan materiallar qiymati
olinib, yoqilg’i va moylash materiallari bo’yicha isitish mavsumidagi kunlar
soni (asosan 5 oylik isitish mavsumi -150 kun olinadi), tibbiyot muassasalari
bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlarining har bir guruhi bo’yicha ko’rsatilgan
summa 360 ga, boshqa budjet tashkilotlari bo’yicha tashkilot extiyojlari uchun
sarflangan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari har bir guruhi bo’yicha 305
ga bo’linadi va chiqqan natija materiallar bo’yicha belgilangan kun
me’yorlariga ko’paytiriladi.Chiqqan natija me’yor hisoblanib balansning 060-
069 subschyotlari qoldig’i bilan solishtiriladi. Agar materiallar qoldig’i chiqqan
me’yordan ortiq bo’lsa, o’sha summaga keyingi yil xarajatlar smetasida
materiallar xarajat moddasi summasini moliyalashtirish kamaytiriladi.
Shartli misol tariqasida quydagini keltiramiz. Budjet tashkilotida 2014 yil yillik hisobotga asosan materiallarni o’rnatilgan me’yorlar bo’yicha hisob-kitob qilinganda xo’jalik va kontselariya
mollari, yoqilg’i moylash materiallari bo’yicha me’yordan ortiqcha qoldig’i mavjudligi aniqlandi. Hisob-kitobni amalga oshirish uchun 5-son shakldagi “Nomoliyaviy aktivlar xarakati to’g’risida”gi hisobotdan foydalanamiz. A) Hisobotga ko’ra xo’jalik va kantselyariya mollari qoldig’i yil oxiriga 78000 ming so’mni tashkil etgan. Yil davomida 190000 ming so’mlik xo’jalik va kantselyariya mollari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldiqni mavjudligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi: 1) 190000 ming so’m / 305= 623 ming so’m 2) 623 ming so’m * 45= 28032.8 ming so’m 3) 28032,8 ming so’m – 78000 ming so’m = - 49967,2 ming so’m. Demak, me’yordan ortiqcha 49967,2 ming so’mlik xo’jalik va kantselyariya mollari qoldig’i mavjudligi aniqlandi. B) Hisobotga ko’ra yoqilg’i va moylash materiallari qoldig’i yil ohiriga 54000 ming so’mni tashkil etgan. Yil davomida 205000 ming so’mlik yoqilg’i va moylash materiallari sarfi amalga oshirilgan. Me’yordan ortiqcha qoldig’i mavjudligini aniqlash uchun quyidagi amallar bajariladi: 1) 205000 ming so’m / 305 = 672,1 ming so’m 2) 672.1 ming so’m * 75 = 50409,8 ming so’m 3) 50409,8 ming so’m – 54000ming so’m = -3590,2 ming so’m. Demak, me’yordan ortiqcha 3590,2 ming so’mlik yoqilg’i va moylash materiallari qoldig’i mavjudligi aniqlandi (4.1.2 - jadval).